Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə69/91
tarix20.11.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#163495
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   91
Kompozision materiallarning zamonaviy texnologiyalari Raximov Sh

Tirsolit-1,5...8 mm qalinlikdagi listsimon material. Uni tayyorlashda sintetik polimerlar quruq qipiq massasi 4...8% miqdorida kiritiladi. Polimer plyonka yoki qog‘oz bilan ishlov beriladi. Ishlab chiqarish texnologik jarayoni yog‘och xom ashyosini aralashtirish, qipiqni elim bilan aralashtirish, gilamni qoliplash, presslash, material formati bo‘yicha kesishni qamrab oladi.
Parkelit - 18 mm qalinlikdagi va 300x300, 333x333 va 400x400 mm o‘lchamdagi plita shaklidagi material. Parkelitni ishlab chiqarishda yog‘och qipiqlar va qirindilar massasi bog‘lovchilar bilan aralashtiriladi, 8 MPa bosimda va 140-160 °C haroratda presslanadi. Presslangan plitalar silliqlanadi, ishlov beriladi va randalangan shpon bilan koplanadi, Parkelit plitalarning asosiga qiyshayishini bartaraf qilish uchun pardozlovchi qatlamni yog‘och tolalari yo‘nalishi bo‘ylab armaturalovchi reykalar joylashtiriladi. Parkelitni tayyorlash tannarxi parket taxtaga nisbatan taxminan ikki marta kam hisoblanadi.
Korolit plitalar ham noorganik, ham organik bog‘lovchilarni ishlatish yo‘li bilan olinadi. Organik bog‘lovchi rolini nafaqat termoreaktiv polimerlar, balki lignosulfonat konsentratlari (LST) ham bajarishi mumkin. Organik bog‘lovchilarni ishlatishda massaga gidrofobizator qo‘shimchalariga sulfat ammoniyning to‘ydirilgan suv eritmasi shaklida kirtiladi.
Korolit plitalarda polimerli bog‘lovchi sarfi uning massasidan 12% ni tashkil etadi. Korolitning o‘rtacha zichligi - 450...800 kg/m3, siqilishdagi mustahkamlik chegarasi-0,5.. 3,5 Mpa ni tashkil etadi. Bu materialning 24 soatdan keyin yuqori darajadagi suvshimuvchanligi uning kamchiligi hisoblanadi (zichlikka bog‘liq ravishda, 70-115 %). Korolitning asosiy vazifasi-to‘siq konstruksiyalarni issiqlikdan himoya qilishdir.
Riplt-sholi poxoli va ko‘pirtirilgan bog‘lovchi asosidagi issiqlikdan qimoya qiluvchi material bo‘lib, u yonmaydi, mog‘orlanmaydi va mikroorganizmlarga ta’sirlanmaydi. Riplitning zichlik bo‘yicha 4 turi olinadi: 75, 100, 150 va 200. Ularning siqilishdagi mustahkamligi -0,05...0,18 MPa, egilishda 0,08...0,6 MPa,
24 soat ichida suv shimuvchanligi 13...20% hajmiga nisbatan; issiqlik o‘tkazuvchanligi-0,14,..0,19 Vt/m.°C bo‘ladi. Penoplastlar singari riplit uch qatlamli panellarga to‘ldirish massasi sifatida ishlatiladi. Plitali riplitni isituvchi vosita sifatida yungli qoplama (yopma) ostiga ham ishlatish mumkin. Riplitni tayyorlash uchun penoplastlarga nisbatan 1,5...2 barobar kam polimer bog‘lovchilar talab etiladi.

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin