Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə80/91
tarix20.11.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#163495
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   91
Kompozision materiallarning zamonaviy texnologiyalari Raximov Sh

3.14-Jadval


Polietilenning xossalari



Xossalar


Polietilen

Yuqori bosimli (YUBPE)

Past bosimli (PBPE)

O‘rtacha bosimli (UBPE)

Molekulyar massa, ming birlik

30-400

100-800

50-600

Kristallik darajasi, %

55-65

75-85

85-90

O‘rtacha zichligi, kg/m3

910-930

940-950

950-970

Erish harorati, 0C

105-115

120-125

130-135

Cho‘zilishdagi mustahkamligi, MPa

12-16

22-32

25-40

Brinell bo‘yicha qattiqlik

1,5-2,5

4-6

5,5-6,5

ESLATMA: Polietilen shuningdek o‘rtacha zichligi bo‘yicha ham sinflarga bo‘linadi: past-910-930 kg/m3; o‘rtacha-930-950 kg/m3; yuqori-950-970 kg/m3



Polivinilxlorid asosidagi plastik massalardan tarkibiga plastifikatorlar
kiritilmaydigan qattiq (viniplast) hamda muloyim, plastifikatorlar kiritiladigan (plastikat) ashyolar ishlab chiqariladi. Qurilish ashyolarini ishlab chiqarishda
polivinilxlorid keng ishlatiladi, hamda bularga turli xildagi linoleumlar, taxtachalar, gidroizolyatsiyalovchi va dekorativ bezak pardalar va quvurlar kiradi.
Polivinilatsetat- sirka kislotasi va atsetilenni sintezlash natijasida vinilatsetat polimeri olinadi. Elastikligi, nurga va yorug‘likka turuvchanligi, rangsizligi va yaxshi adgeziyaga ega bo‘lganligi uchun polivinilatsetat laklar, buyoqlar va elimlar ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. Uni suvli emulsiya ko‘rinishida polimersementli betonlar, namga chidamli gulqog‘ozlar ishlab chiqarishda qo‘llaydilar.
Poliakrilatlar- akril va metaakril kislotalar va ular hosilalarining polimeri. Metakril polimerlar akril polimerlariga nisbatan issiqlikga va suvga, yuqori kimyoviy ta’sirlarga chidamlidir. Poliakrilatlar tiniq va ultrabinafsha nurlarni o‘tkazish xususiyatiga egadirlar. Qurilishda ko‘pincha metakril kislotasining polimeri bo‘lgan polimetilmetakrilat (organik shisha) ishlab chiqariladi.
Polimetilmetakrilat o‘zidan 99 % quyosh nurini o‘tkazadi, shuning uchun ham, u silikatli shishalardan ancha yuqori turadi. Organik shishaning oddiy shishadan afzalligi uning mo‘rtiligining pastligi, ishlov berishga yaxshi berilishidir. Polimetilakrilat binolarni oynavandlash uchun, ayniqsa isitgichlarda, suzish havzalarida va shuningdek buyoqlar, emulsiyalar, laklar va shunga o‘xshashlarda qo‘llaniladi. Yuqori bosim va haroratda (140-150 0C) kauchuk bilan to‘ldiruvchilar (bo‘r, kaolin, kuyundi) aralashmasini oltingugurt bilan ishlov berganda va ayrim boshqaruvchi qo‘shimchalar qo‘shilganda vulkanizatsiyalashtirilgan kauchuk va rezina olinadi. Kauchukdan rezinalarning farqi shundaki, rezina plastik deformatsiyaga ega emas va organik erituvchilarda erimaydi. Izoprenli, butadienli, butadien-stirolli, butadien-nitrolli va xloroprenli kauchuklarning qurilishda keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Kauchuklar germetiklar, gidroizolyatsion materiallar, linoleumlar, pollar uchun taxtachalar, mastikalar va elimlar ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Sanoatda ko‘p miqdorda polikondensatsion polimerlar ishlab chiqarilmokda. Bulardan fenolaldegidli, furanli, epoksidli, kremniyorganikli
polimerlar, poliefirlar qurilishda keng tarqalgan termoreaktiv polimerlar bo‘lib hisoblanadilar.
Taqqoslash maqsadida 3.15-jadvalda termoplast va termoreaktoplast polimerlarning xossalari keltirilgan. Ishlab chiqarish texnologiyasini va tarkibini o‘zgartirib turib polimerlarning va ular asosidagi qurilish materiallari va buyumlarining xossalarini o‘zgartirish mumkin.

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin