Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə53/91
tarix20.11.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#163495
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   91
Kompozision materiallarning zamonaviy texnologiyalari Raximov Sh

Fibrolit to‘ldiruvchi va bir vaqtning o‘zida armaturlashtiruvchi komponent sifatida 200-500 mm uzunlik, 4-7 mm kenglik va 0,25-0,5 mm qalinlikdagi yog‘och toladan iborat. Yog‘och tolasi ishlatishga yaroqsiz shox-shabbalar, ayrim xollarda bargli tolalardan maxsus stanoklar yordamida olinadi. Boshlang‘ich xom-ashyo chiqindi, burilganlik, qiya qatlamlik shuningdek 30 mm dan ortiq diametrdagi butoqlardan xalos bo‘lishi kerak.
Fibrolit 2400-3000 mm uzunlik, 500, 600 va 1200 mm kenglik va 30-100 mm qalinlikdagi plitalar ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Plitalarning namligi 20% dan oshmasligi kerak.
400 kg/m3 gacha bo‘lgan o‘rtacha mustahkamlikdagi fibrolit issiqlik izolyatsiyasi uchun ishlatiladi. Issiqlik izolyatsiyalovchi fibrolit 0,09-0,12 Vt/m°C.
400 kg/m3 va undan ortiq mustahkamlikdagi fibrolit plitalar issiqlik izolyatsiyalovchi materiallar bo‘lib, bir vaqtning o‘zida devor va to‘siq konstruksiyalar barpo etishda ham ishlatilishi mumkin. Konstruksion-issiqlik izolyatsiyalovchi fibrolit 0,12-0,15 Vt/m°C.
Fibrolit tovushlarni pasaytirish qobiliyati bilan, shuningdek yaxshi ishlov berilishi, suvoq qatlami va betonning bog‘lanishi bilan farqlanada. Fibrolitning havoni yaxshi o‘tkazuvchanligi, katta suvshimuvchanligi, suvga chidamsizligi, nam holatda qo‘ziqorin bilan zararlanishi uning salbiy jihatlari hisoblanadi.
Fibrolitni ishlab chiqarish texnologiyasi quyidagi jarayonlarni qamrab oladi: yog‘och tolani tayyorlash va unga mineralizator bilan ishlov berish, ishlov berilgan xom ashyoni sement bilan aralashtirish, plitalarni presslash va ularga termik ishlov berish. Fibrolitni presslash paketli usul bilan amalga oshiriladi, issiqlik izolyatsiyalovchida-0,01-0,1 MPa bosimida, konstruktiv-issiqlik izolyatsiyalovchida - 0,15-0,4 bosimda amalga oshiriladi. Qoliplarda siqilgan plitalar tabiiy sharoitlarda yoki maxsus kameralarda 60-70 °C va 60-70 % havo namligida qotiriladi. M 400 navdagi portlandsementning 1m3 hajmdagi fibrolit plitalarga sarfi talab etiluvchi o‘rta mustahkamlikka bog‘liq va 190-270 kg/m3 ni tashkil etadi. 1 m3 fibrolitni ishlab chiqarishda taxminan 0,4 m3 yog‘och va 7 kg kalsiy xlorid sarf etiladi.
Fibrolit uchun o‘rtacha mustahkamlik, namlik va issiqlik o‘tkazuvchanligi bilan bir qatorda egilishda mustahkamlik chegarasi me’yorlashtirilib, u plita zichligi va o‘rtacha qalinligiga qarab 0,4-2 MPa ni tashkil etadi.
Konstruksiyalarning bir xil termik qarshiligida fibrolitli issiqlik izolyatsiyalovchi plitalarni ishlatganda sement sarfi isitish vazifasini bajaruvchi g‘ovakli betonlarga nisbatan taxminan 2,5 marta kamayadi. Sement o‘rniga fibrolit uchun (arbolit singari) boshqa bog‘lovchilar, masalan qurilish yoki yuqori mustahkamlikdagi gips, belit-shlamli bog‘lovchilar ishlatilishi mumkin.

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin