Arbolit va uning turlari zamonaviy material sirasiga kiradi, xorijda uni issiqlik izolyatsiyalovchi va konstruksion material sifatida qaraladi. Xorijda arbolitga o‘xshash bo‘lgan va turli nomlar bilan yuritiladigan qurilish materiallari mavjud: Shveytsariyada "Durizol", AQShda "Vindstoun", Chexiyada "Pilinobeton", Yaponiyada "Chenteri-Boad", Germaniyada "Duripanel", Avstriyada "Veloks" va boshqalar o‘zining yuqori ekspluatatsion xossalarini namoyon etadi (3.1, 3.2, 3.3-rasmlarga qarang).
«VELOKS» yog‘och-sementliplitalarni tayyorlash uchun optimal namligi 22% bo‘lgan yog‘och chiqindilaridan foydalaniladi. Qalinligi 25 mm bo‘lgan plitalarni mahsuldorligi yiliga 1,2 mln.m2 bo‘lgan zavod uchun 35 ming m3 yog‘och chiqindisi zarur bo‘ladi. SHuning uchun namligi yuqori bo‘lgan yog‘och chiqindilari namligi me’yoriga etgunicha omborda ushlab turiladi va quritiladi. Plitalarni ishlab chiqarish uchun archa, qarag‘ay, terak kabi yog‘och turlaridan foydalaniladi.