Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə48/91
tarix20.11.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#163495
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   91
Kompozision materiallarning zamonaviy texnologiyalari Raximov Sh

3.3-jadval






Fraksion tarkibi, mm yiriklikdagi bo‘lakchalar %



Quruq holatdagi uyma zichligi, mm

G‘ovaklik, hajmga nisbatan,
%

20-10

10...5

5...2.5

-

100

-

194,0

74,7

40

40

20

175,7

72,0

25

25

50

217,0

71,9

35

35

30

226,5

70,8

0,2 mm yiriklikdan kam hajmdagi bo‘lakchalar yog‘och kukunlarini tashkil etadi. Yog‘och chiqindilarining uyuma zichligi va g‘ovakligi yog‘och turkumining turi va fraksion tarkibiga bog‘liq (3.3-jadval).
Qipiqlarni olish usli ularning fizik xususiyatlarini belgilab beradi. Xodalarni yog‘och kesuvchi ramada kesganda kubiksimon shakldagi 7 mm gacha yiriklikdan qipiqlar hosil bo‘ladi. Yog‘ochni dumaloq arrali stanoklarda kesishda qipiq tolasimon strukturada 1,2 mm o‘lchamda bo‘ladi. Yog‘och qirqish ramasidan olingan qipiqlar tolalarga ko‘ndalang o‘lchamlari katta bo‘lib, bu esa odatda mahsulotlarning mexanik xususiyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Texnologik tarashalar - bo‘lakcha chiqindilari va yaroqsiz yog‘ochning ilk maydalangan mahsuloti bo‘lib, keyinchalik mayda, qirqilgan yog‘ochlar va tolali massalar sifatida qayta ishlanishiga moslashtirilgan bo‘ladi. Tarasha diskli yoki barabali kesish mashinalari yordamida olinadi.
Tarashaga qo‘yiladigan talablar uning ishlatilishiga qarab aniqlanadi. Odatda tarasha hajmi, unda chirindi, qobiq va mineral qorishmalarning tarkibiga qarab belgilanadi. Tolali massani tayyorlashda yog‘och-tolali plitalarni ishlab chiqarishda tuyish (tegirmonda) qurilmalarining me’yorida ishlashi uchun tarasha bo‘lakchalari taxminan bir xilda bo‘lishi lozim: tolalar uzunligi 20...25 mm, tolalar ko‘ndalang kengligi 15...30 mm va qalinligi 3...5 mm. Silliq presslanuvchi yog‘och qipiq plitalarni ishlab chiqish uchun tarashaning optimal uzunligi 40 mm ni, ekstruzion holatda esa -20 mm ni tashkil etadi, optimal qalinlik ikkala holatda ham 30 mm ga teng. Texnologik tarashada chirindi tarkibi chegaralangan (5% gacha) yoki umuman bo‘lishi kerak emas, mineral qorishmalar tarkibi 0,3-1% ni tashkil etishi kerak. Yog‘och tolali plitalarni ishlab chiqarishda qipiq miqdori 15% dan oshmasligi kerak.
Tarashaning keyingi qayta ishlanish xarakteri olinuvchi materallar turi bilan aniqlanadi. Arbolitni olish uchun yog‘och bo‘lakchalari (maydalangan qismlar) yoki qipiq, yog‘och-qipiq plitalarni olish uchun qipiq, yog‘och-tolali plitalar uchun esa tolali massa ishlatiladi.
Yog‘och bo‘lakchalari 5...10 mm shakl koeffitsienti (eng katta o‘lchamning eng kichigiga nisbati) va 3...5 mm qalinlikka ega bo‘lishi kerak. Eng kattasi esa - 25 mm gacha bo‘lishi lozim. Bo‘lakchalarning bunday shakli deformatsiyalarni tola bo‘ylab va unga ko‘ndalang tarzda yaqinlashtirish, hamda ularning arbolitning tuzilishi va zichligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini kamaytirish imkonini beradi.
Arbolit tayyorlash uchun qipiq 0,1... 1 mm dagi minimal qalinlik va 2...20 mm uzunlikka ega bo‘lishi kerak, yog‘och-qipiq plitalarning sirtqi qatlamlari uchun - 0,1...0,2 va 10...20 mm, o‘rtacha qatlamlari esa - 40...60 mm ni tashkil etishi kerak. Qipiq bevosita yog‘och qirqishdagi chiqindilardan ularni bevosita tarashaga aylantirishidan oldin xam olish mumkin.
Xomashyo qipiqqa aylantirilishidan oldin maxsus tayyorlanadi, u turlar bo‘yicha saralash, gidrotermik ishlov berish, chirindini yo‘qotishdan iborat. Yog‘ochni gidrotermik ishlash 0,25...0,3 MPa bosimda bug‘ bilan yoki uni suvda 70...80 °C da qaynatish orqali amalga oshiriladi. Yog‘ochni qizdirish va namlash qipiqlarning g‘adir-budurligini, mayda fraksiyalar miqdorini kamaytiradi. Qipiqga aylantirilishi uchun mo‘ljallangan yog‘och 30...40 % namlik va turiga qarab 10. ..50 °C haroratga ega bo‘lishi kerak.
Yog‘och-tolali plitalar mexanik, termokimyoviy va kimyoviy-mexanik usullar yordamida olinadi. Mexanik maydalash yog‘ochni maxsus mashinalarda silliqlashga asoslanib, tez aylanuvchi taram-taram disklar va metal billar uning ishchi organlari bo‘lib xizmat qiladi. Maydalashni yengillashtirish va tolali massaning chiqishini oshirish uchun qorishmaga mumkin qadar ko‘p suv miqdorini ko‘shishadi.
Termokimyoviy maydalash xususiyati tolali massani 0,8...1 MPa bosim ostida oldindan ishlov berishdan iborat. Kimyoviy-mexanik usullar ikki jarayondan iborat: tarashani kimyoviy ishlash va mexanik maydalash. Massada tolaning o‘rtacha uzunligi 3...4 mm gacha bo‘ladi, ularning diametri esa 30...50 mkm ni tashkil etadi.
Qurilish materiallarini ishlab chiqarishda ham daraxt shoxi va bargli chiqindilar ishlatilali. Bunda aksariyat materiallarni ishlab chiqish uchun shox- shabbalar qulayroq, chunki ular kam suvda eruvchi ekstraktiv moddalarga, shuningdek sementlarning qotish jarayonlariga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi turli shakarsimon moddalarga ega. Shox-shabbali yog‘och turlarida uzun va mustahkam tolalar tarkibi ko‘p bo‘lib, bu undan yuqori sifatli tola massani olish imkonini beradi.
Ekstruzion yog‘och-qipig‘li plitalarni ishlab chiqarishda qatron sarfi ortadi, pressning unumdorligi 30...40 % ga kamayadi, plitalar mustahkamligi esa 25...30% ga kamayadi.
Yog‘och chiqindilarda ekstralashtiriluvchi moddalar mikdorini kamaytirish uchun po‘stloq qorishmalarining tarkibi minimal bo‘lishi kerak, yog‘ochni kesilganidan keyin obmorxonalarda 4-6 oy mobaynida toblash xam foyda beradi. Yog‘och tarkibida «sement zaxarlari» uning minerallashtirishi bilan zararsizlantiriladi, bu degani kalsiy xloridi, oltingugurt, suyuq shisha kabi tuzlar eritmasi bilan qayta ishlanadi.
Qurilish materiallari xom ashyosining yana bir muhim manbai, bu o‘simlik turdagi qishloq xo‘jaligi chiqindilari. O‘zak - bu kanop va zig‘ir poyalarining maydalangan yog‘ochsimon qismidan ajratuvchi tolalarni maydalovchi mashinalar orqali o‘tkazishdan keyin dastlabki qayta ishlanishdan hosil bo‘lgan chiqindi. Kanop o‘zagi bo‘lakchalari uzunligi 10...70 mm (zig‘irniki -55 mm), kengliga-3 mm va qalinligi - 0,2-0,3 mm ni tashkil etadi. O‘rtacha zichligi 100- 120 kg/m3 ni tashkil etadi.
Paxtaning maydalangan g‘o‘zapoyalari arbolit va boshqa qurilish materiallarini olishda ko‘llaniladi. Zig‘ir o‘zagi, kanop va paxtaning maydalangan poyalaridagi tuk, dag‘al tolalar va boshqa birikmalar umumiy massaning 4% dan oshmasligi kerak.

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin