Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari


-rasm. Himoyalovchi dekorativ qoplamali sementli-tolali listlar



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə42/91
tarix20.11.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#163495
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   91
Kompozision materiallarning zamonaviy texnologiyalari Raximov Sh

2.32-rasm. Himoyalovchi dekorativ qoplamali sementli-tolali listlar.


Bitumli gofrlangan listlarni tolasimon asosni (sellyulozali, shisha-tolali va boshq.) shakillantirib bitumli bog‘lovchi bilan shimdirish yo‘li bilan olinadi. Yuza tomonidan listlar termoaktiv vinil-akrilli sopolimer asosidagi himoyalovchi- dekorativ bo‘yoqli qatlam bilan qoplanadi.


Tashqi ko‘rinishidan ular asbotsementli listlarni eslatadi, biroq ularga nisbatan ancha yyengilroq, mo‘rt emas, o‘rnatish vaqtida egiluvchan. Massasining kichikligi tufayli bunday listlarni yassi tomlarni ta’mirlashda eski o‘ramali tom qoplamasining ustidan yotqizish ham yaxshi natija beradi. Bunday “yumshoq shifer” turlicha nomlar ostida ishlab chiqarilmoqda: ondulin (2.33-rasm), akvalin.


2.33-rasm. Ondulin bilan qoplangan tom.


Metallocheripitsa – yangi listli material bo‘lib gofrlangan tom qoplama listlarining dekorativ sifatlarini takomillashtirishda erishilgan navbatdagi pog‘ona hisoblanadi. Bunday panellar ishlab chiqarish va madaniy-maishiy binolarning tomlarini yopish uchun kamida 5-7 0C qiyalatib o‘rnatiladi.
Devor paneli uch qatlamli konstruksiyadan tashkil topadi: uning ichki va tashqi qoplama qatlamlari presslangan asbestsementdan, o‘rta qatlami esa issiqlik ushlovchi materialdan (ko‘piq, mineral paxta plitalari, sementli fibrolit, qo‘pik plast va boshqalar) iborat.





2.34-rasm. Ventilyasion asbestsement qutilar.


Asbestsement quvurlardan ichimlik suv (bosim ostida bo‘ladigan), oqova suv (bosimsiz), gaz quvurlarida, shuningdek qishloq xo‘jaligi sug‘orish tizimlari tarmoqlarida keng foydalaniladi. Ichimlik suv asbestsement quvurlarining uzunligi
2950…3950, ichki diametri 50…500, qalinligi 9…43,5 mm bo‘ladi. Quvur silindr shaklida, ichki yuzasi silliq va darzlarsiz bo‘lishi kerak.
Bosim ostida bo‘ladigan quvurlarning 0,3 dan 1,2 MPa gacha bosimli bir necha markalari chiqariladi. Oqova suv quvurlarining uzunligi 2500…4000, ichki diametri 50…600, qalinligi 7…18 mm. Ichimlik va oqova suvlar quvurlarini birlashtirish uchun asbestsement va cho‘yan muftalardan foydalaniladi. Asbestsement quvurlar temir quvurlarga nisbatan hajmiy og‘irligining va issiqlik o‘tkazuvchanligining kamligi, zanglashga chidamliligi va sirtining tekisligi bilan afzaldir. Asbestsementdan yasalgan havo almashinuvi qutilar yumaloq va to‘g‘ri to‘rt burchak kesimli, ikki tomoni yoki bir tomoni ochiq qilib tayyorlanadi (2.34- rasm).
Asbestsementdan yasalgan ashyolar va qurilmalarning asosiy kamchiligi uning mo‘rtligidan tashqari inson hayoti uchun xavfli bo‘lganida. Bunday materiallarni inson yashaydigan binolarda ishlatish ruxsat etilmaydi.

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin