Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə63/91
tarix20.11.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#163495
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   91
Kompozision materiallarning zamonaviy texnologiyalari Raximov Sh

Alyumin-kompozit listlar


Alyumin-kompozit panellar - bu o‘ziga xos «buterbrod»ga o‘xshash ikki alyumin listi va ular orasidagi polimer to‘ldirgichdan iborat murakkab ko‘p qatlamli material hisoblanadi (3.9-rasm).

Foydalanish soxalari:


- binolarning zamonaviy ekstererini ta’minlovchi va qo‘shimcha devorlarni issiqlik izolyatsiyasi, soddaligi va uzoq vaqt xizmat qilishini ta’minlovchi shamollatiladigan fasadlarda;

  • me’morchilikda balkonlar, karnizlar, bo‘g‘otlar va soyabonlarni qoplashda;

  • tunnellarni qoplashda;

  • ko‘rgazma stendlari intererlarini pardozlashda;

  • pardevorlarni qurishda, reklama shitlarini va turli qutilarni qurishda;

  • turli uskunalarning sirt yopqichini, avtokuzovlar, avtomobil va vagonlarni pardozlashda, eski binolarni rekonstruksiya qilishda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi.

Kompozit panel o‘ziga o‘xshash materiallarga nisbatan 50-70% ga yengil (alyumin listga nisbatan o‘rtacha 1,6 marta, po‘lat listga nisbatan 3,4 marta, fibrotsementga nisbatan 2,1 marta yengil). Kompozit panellar quyosh nurini yaxshi qaytaradi va shuning uchun ularning tashqi ko‘rinishi chiroyli bo‘ladi (3.9-jadval).

3.9-rasm. Alyumin-kompozit panellar


3.9-jadval

Qalinligi 3 mm bo‘lgan kompozit panellarning umumlashtirilgan texnik


tasniflari



Og‘irligi, kg/m3

3,6

Cho‘zilishdagi mustahkamligi, MPa

260

Egilishdagi mustahkamligi, MPa

108

Egilish moduli, MPa

2,55 x 10-4

Alyumin qatlamini ko‘chishdagi
mustahkamligi, N/mm

10,7

Tovush yutish koeffitsienti, db

25

Chiziqli kengayish koeffitsienti, k-1

2,5 x 10-5

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin