Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari


Dekorativ pardozbop yupqa devorlar



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə62/91
tarix20.11.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#163495
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   91
Kompozision materiallarning zamonaviy texnologiyalari Raximov Sh

Dekorativ pardozbop yupqa devorlar asosan, polivinilxloriddan tayyorlanadi. Bunday ashyolar kerakli miqdorda uzoq muddatga chidamli, oddiy haroratda bukiluvchan va elastik juda kam suv, bug‘ va gaz o‘tkazuvchanlikga ega. Yupqa pardalar turli xil teksturada, rasm solingan va rasmsiz ham qilib chiqariladi.
Namga chidamli gulqog‘ozning asosini qog‘oz tashkil qilib, uning yuzasi yuvishga va namlab artishga chidamli hisoblanadi. Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha ular silliq, fakturalangan, bosma relefli, bosma naqsh tushirilgan va yaltiroq yuzali xillarda ishlab chiqariladi. Namga chidamli gulqog‘ozlarni tayyorlash uchun 100-
150 g/m2 li massaga ega bo‘lgan qog‘oz, sintetik laklar, polimer emulsiyalari, oliflar, suyultiruvchilar, pigmentlar, shuningdek maxsus elimlar ishlatiladi. Namga chidamli gulqog‘ozlar uzunligi 7-12m, kengligi 500, 600 va 750mm qilib o‘rama holda ishlab chiqiladi.
Linkrust- qog‘ozli asosga gliftalli polimer yoki polivinilxlorid xamiri surtib tayyorlanadi. SHunda linkrustning ustki yuzasida botiq yoki bo‘rtma gulchiziqlar hosil bo‘ladi. Bu qurilish materialining kengligi 500-750mm, uzunligi 12m,
qalinligi 0,6-1,7mm o‘rama shaklda ishlab chiqariladi. Linkrust devorga yopishtirilgandan keyin odatda, ular moyli yoki sintetik buyoqlar bilan bo‘yaladi.
Polimer bog‘lovchilar asosida olingan ichki yuzalarni bezash uchun pogonaj plastiklar, polimer profillar va ulardan tayyorlangan eshik va romlar qurilishga tez kirib keldi. Bularda bog‘lovchi modda sifatida asosan polivinilxlorid ishlatiladi. Bunday eshik va romlar o‘zining gigienik xususiyatlari, issiq va tovush izolyatsiyasi tufayli elimizga manzur bo‘lgan. Fenolformaldegid smolasi asosida presslab olinadigan yog‘och qipig‘ili plitalar (DSP) 3500x1750x16, 2750x1830x16mm o‘lchamlarda sirti silliq, nosilliq va laminatlangan turlarda ishlab chiqariladi. Bu materiallar o‘zining egilishdagi mustahkamligi, estetik yog‘ochsimon teksturasi bilan ajralib turadi. Fenolformaldegid smolasi asosida uzunligi va eni 2745x1700, 2440x1220mm, qalinligi 3, 4, 5, 6, 8, 10, 12, 14, 16 mm o‘lchamlarda yog‘och- tolali plitalar (DVP, MDF) chiqariladi. Bu plitalar ham presslab olinib, turli zichliklarda ishlab chiqariladi. Qalinligi 3 va 4 mm li plitalar qurilishda shiftlarda, qalinlari esa pollarda ishlatiladi.

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin