Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari


Yog‘och qirindili va yog‘och tolali kompozitlar. Yog‘och-polimer kompozitlar ishlab chiqarish asoslari va ishlatilish sohalari. Yog‘och-polimer



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə66/91
tarix20.11.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#163495
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   91
Kompozision materiallarning zamonaviy texnologiyalari Raximov Sh

Yog‘och qirindili va yog‘och tolali kompozitlar. Yog‘och-polimer kompozitlar ishlab chiqarish asoslari va ishlatilish sohalari. Yog‘och-polimer


kompozitlardan foydalanish istiqbollari

Yog‘och qipiqli va yog‘och tolali plitalar


Yog‘och-qipiqli plitalar bu bog‘lovchi moddalar-sintetik polimerlar bilan aralashtirilgan maydalangan yog‘ochni issiq presslash orqali olinadigai material. Ushbu material fizik-mexanik xususiyatlarining bir xilligi, o‘zgaruvchan namlikda ishlatishda kam chiziqli o‘zgarishlari, ishlab chiqarishni yuqori darajada mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish uning ustuvor xususiyatlari hisoblanadi.
Sanotda yassi va ekstruzion plitalar tayyorlanadi. Birinchidan bo‘lakchalar parallel, ikkinchidan plita yuziga perpendikular joylashgan bu esa ekstruziya (siqib chiqarish) uslubi bilan presslash orqali erishiladi. Gidrofobli moddalar qo‘shilgan fenolformaldegid va melaminoformaldegid somlalarni ishlatishda - yuqori suv chidamliligidagi plitalar, mochevina- formaldegidlarni ishlatganda o‘rtacha suv chidamliligidagi plitalar olinadi. Yog‘och-qipiqli plitalar turlicha: konstruksiyalari bo‘yicha (bir qatlamli, ichki kanallari bor bo‘lgan, uch qatlamli va ko‘pqatlamli), zichligi bo‘yicha (yengil ρ <
500, o‘rtacha ρ=500...650 va og‘ir ρ=660...700 kg/m3), pardozlash turi bo‘yicha (qoplamasiz va qog‘oz qoplamali, jilolangan yoki randalangan shponli).
Yog‘och-qipiqli plitalariing asosiy fizik-mexanik xususiyatlari 3.10-jadvalda keltirilgan.
3.10-jadval


Ko‘rsatkichlar

Guruxlar

A

B

Plita markasi

P-1

P-2

P-Z

Namlik, %

8±2

8±2

8+2

8±2
8±2

Suvshimuvchanligi,
ko‘pi bilan, %

-

-

-

15

Shishishi, %
suvga chidamliligi ko‘pi bilan: oddiy

20


20


30


-


yuqori

-

15

25

5

Qattiqligi, MPa, kamida

-

-

-

30

Zichligi, kg/m3 ko‘pi bilan

800

750

720

850

Plita markasiga qarab uning qalinligi 10...22, uzunligi- 2440...5500, kengligi esa 1220...2440 mm ni tashkil etadi. Yog‘och-qipiqli plitalarni tayyorlashda yaroqsiz yog‘och xomashyo vazifasini bajarib, unga yog‘och kesish va qayta ishlash chiqindilari, shuningdek poxol, qamish, o‘zak va urug‘larning chiqindilari kiradi.


Plitalarni ishlab chiqarishning texnologik jarayoni yog‘ochni yarim mahsulot uchun yorish, uni maxsus qipiqlarga aylantirish, quritish va qipiqlarni bog‘lovchi bilan elimlash, qipiq gilamini shakllantirish, presslash va plitalarni qo‘shimcha tarzda qayta ishlashni qamrab oladi.
Qipiq stanoklarida olinadigai maxsus qirqillgan qipiqga yog‘och chiqindilarini, ekstruzion plitalarni tayyorlashda esa qipiqlarni qo‘shish mumkin. Plita ichki qatlamlarini tayyorlash uchun daraxt to‘nkasini xam ishlatish mumkin.
Bog‘lovchi vositalar sarfi plita turi, qatlamni ishlatilishi va yog‘och naviga bog‘liq. Bargli turlarni ishlatganda bog‘lovchilar sarfi 10...20% ga ortadi. Uch qatlamli plitalarning sirtqi qatlami uchun polimer sarfi 12...14 %, ichki uchun 8..10 % ni tashkil etadi. Bir qatlamli plitalarda massa bo‘yicha bog‘lovchi 10...12
%, ekstuzionlarda esa 5...8 % ni tashkil etadi. Plitalarning maxsus xususiyatlari qipiq massaga qo‘shimchalar kiritish bilan tartibga solinadi: biochidamliligini oshirish uchun antiseptiklarni, olovga chidamligini oshirish uchun-antipirenlarni, suvga chidamligini oshirish uchun-gidrofobizatorlar kiritiladi.
Tekis presslanuvchi plitalarni ishlab chiqarishda qipiqni elimlashning ikki usulini ko‘llashadi. Birinchi usulda boshida muayyan komponentlardan suyuq elim tayyorlanib, forsunkalar yordamida qipiqni purkaladi. Ikkinchi usul bo‘yicha elim komponentlari alohida suriladi. Ekstruzion plitalar uchun faqat bog‘lovchini tayyorlashning birinchi usuli qo‘llaniladi.
Qipiqni elimlash maxsus qorishtiruvchilarda amalga oshirilib, ulardan lentali konveyrlarda qoliplash mashinasiga uzatiladi va bu yerda sovuq presslanib qipiqli gilam shakllanadi, keyin esa issiq pressda presslanadi.
Plitalarni presslash uchun gidravlik presslar ishlatiladi. Plita presslari 150°C va undan yuqori haroratda qizdiriladi. Presslashning birinchi davrida bosimning maksimal miqdori - 3 MPa ga etadi, so‘nga muayyan vaqtdan keyin 0,6...0,8 va 0,3 0.4 MPa gacha kamayadi.
Plita chekkalarini kesish uchun shaklga keltiruvchi stanokka, keyinchalik shtabel joylashtiruvchiga uzatiladi. Ekstruzion presslashda plita uzluksiz tasma shaklida shakllanadi va mahsulotlarni tayyorlash uchun muayyan o‘lchamlarda qirqiladi.
Yog‘och-qipiqli plitalarni ishlatash sohasi juda ko‘p. Konstrutsion- pardozlovchi material sifatida pollar, shiplar, devorlar, to‘siqlar, eshiklar, qurilma
mebellarni va boshqalarni qurishda ishlatiladi. 1 m3 yog‘och-qipiqli plitani tayyorlash uchun taxminan 1,5 m3 qattiq yog‘och chiqindilari sarf etiladi.
Yog‘ochni ishlatish va zig‘ir, kanop, sholi poxoli, o‘zagi va shu kabi qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini qayta ishlashda paydo bo‘lgan yaroqsiz mahsulotlar yordamida bog‘lovchi sifatida mochevino va fenolformaldegidli smolalar kabi moddalarni ishlatgan holda qator materiallarni hosil qilish mumkin. Qurilishda, ayniqsa qishloq xo‘jaligida yog‘och-qipiqli plitalar, ortenks, riplit va boshqa shu kabi materiallarni ishlab chiqarishning ijobiy tajribasi mavjud.
Polimerli bog‘lovchilarga ega qipiqli materiallar yog‘och-qipiqli plitalar, armaturalashtirilgan plitalar, shitli eshiklar, deraza kesakilarini tayyorlash uchun mo‘ljallangan.

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin