Interer. Adabiy asarda ishtirok etuvchi shaxslar bevosita harakat qiladigan maydon-joy tasviri ham muhim g’oyaviy – kompozitsion rol o’ynaydi. Masalan, «Mumu» hikoyasidagi Gerasim chol yashaydigan xona, «Evgeniy Onegin»dagi Onegin kabineti, «Jinoyat va jazo»dagi Raskolnikov turadigan xona, «Sinchalak»dagi Qalandarov yashaydigan hovli – joy tasviri shu asarlarda qahramonlari xarakterini ochishda muhim rol o’ynaydi.

Qoliplash – badiiy asarda mustaqil voqealarni ma’lum bir voqea doirasiga solib, shu voqeaga bog’lab tasvirlash usulidir. Qoliplash ususli bilan bir necha mustaqil asar g’oyaviy – kompozitsion jihatdan yaxlit tus oladi.

Badiiy asarda qoliplash yozuvchi tomonidan turlicha tarzda amalga oshirilishi mumkin:
Ba’zan asarning boshlanishida uning syujeti bilan mantiqan bog’lanadigan biror hikoya, rivoyat yoki afsona keltirishadi. Bu o’sha asardagi asosiy ma’noning yanada ta’sirlirok, tushunarliroq bo’lishini taminlaydi. Masalan, L.Tolstoyning «Xojimurod» qissasida tikanli gul (qushqo’nmas, qariqiz)ning arava g’ildiragi yanchib ketgandan so’ng ham erdan bosh ko’tarib turishi Xojimurodning o’limi oldidagi holatiga nisbatan berilishi. U.Umarbekovning «Odam bo’lish qiyin» romanidagi Shox Muslimning keksalikda ko’rgan o’g’lining xudbinligi haqidagi rivoyatning asar qahramoni Abdullaga dahldorligi.