Kalit freym qo’shish; Kalit freym qoshishni quyidagi yo’llar bilan amalga oshirish mumkin:
Joriy ko’rinishni(animatsiyani) davom ettiruvchi kalit freym qo’shish uchun Insert Keyframe buyrug’idan foydalaniladi;
Bo’sh(hech qanday tasvir va obyekt bilan bog’lanmagan) kalit freym qo’shish uchun Insert Blank Keyframe buyrug’idan foydalaniladi.
Oddiy freymlarni qo’shish uchun Insert Frame buyrug’idan foydalaniladi;
Kalit freymni oddiy freymga o’zgartirish uchun Clear Keyframe buyrug’idan foydalaniladi; Oddiy freymga aylantirilgan(“o’chirilgan”) kalit freym va undan keyinda joylashgan kalit freymgacha bo’lgan oraliqdagi freymlarga bo’g’langan tasvirlar avtomatik tarzda oldinda joylashgan kalit freymga bog’langan tasvir bilan almashadi;
Bir yoki bir necha freymni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirib olib o’tish uchun:
1) ko’chirilishi kerak bo’lgan freymlarni belgilab olinadi;
2) kontekstli menyudan Cut Frames buyrug’i tanlanadi;
3) Vaqt diagrammasining kerakli yacheykasiga o’tib, kontekstli menyudan Paste Frames buyrug’i tanlanadi;
Bir yoki bir nechta freymni o’chirish uchun o’chirilishi kerak bo’lgan freymlarni belgilab olinadi va Remove Frames buyrug’i tanlanadi;
Freymlarni joylashuv ketma-ketligini teskarisisiga almashtirish uchun ketma-ket joylashgan freymlar belghilab olinadi(belgilanuvchi freymlar kalit freym bilan boshlanib, kalit freym bilan tugashi shart) va kontekstli menyudan Reverse Frames buyrug’i tanlanadi;
Alohida freymni tahrirlash uchun freymga bo’glangan hususiyatlar inspektori oynasidan foydalanish ham mumkin. Ihtiyoriy statik freym(tweened-animatsiya ning bir qismi bo’lmagan freym) uchun hususiyatlar inspektori oynasining umumiy ko’rinishi 4.15.6-rasmda keltirilgan. U quyidagi elementlarni o’zida mujassamlashtirgan:
<Frame Label> matnli maydoni - freym nomi(yoki metkasini) kiritish uchun mo’ljallangan. Metka kiritishdan asosiy maqsad Action Script yordamida kerakli freymga o’tishni ta’minlashdir.
Tween ochiluvchi maydonida berilgan parametrlardan tweened-animatsiyalarni yaratish uchun foydalaniladi. Ushbu ro’yhatda uchta parametr keltirilgan:
None - tweened-animatsiya q o’llanilmaydi;
Motion - obyektlarni joyini o’zgarishi orqali yuzaga keluvchi (tweened) animatsiyali harakat;
Shape - transformatsiya orqali yuzaga keluvchi (tweened) animatsiya;
Sound-ochiluvchi ro’yhatidan foydalanib freymga biror bir ovozni bo’g’lash mumkin. Agar Flash MX kutubxonasiga birorta ham ovoz import qilinmagan bo’lsa, ushbu ro’yhatda faqatgina None bandi turadi.
Yo’naltirish(strelka) rasmi turgan Edit the action script for this object tugmasi tanlangan freymga dastur yozish uchun ActionScript oynasini chaqiradi.