Kompyuter geometriyasi va grafikasi”



Yüklə 8,81 Mb.
səhifə104/114
tarix19.12.2023
ölçüsü8,81 Mb.
#185454
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   114
Majmua pechatga tayyor

Rasm 4.12.19 Arrow uskunasi qo’shimcha imkoniyatlarini beruvchi tugmachalar.
Smooth tugmachasi belgilangan egri chiziqni tekislash(silliqlash) uchun xizmat qilsa, Straighten tugmachasi esa to’g’rilash uchun xizmat qiladi. Ushbu tugmachalardan foydalanish uchun avval to’g’irlanishi yoki silliqlanishi kerak bo’lgan chiziqni belgilab olinadi.
Figuraning kontur va ichki chiziqlarini Subselection va Free Transform uskunalari yordamida o’zgartirish avvalgi bo’limda (“Subselection Tool” va “Free Transform” bandlari) keltirilgani kabi amalga oshiriladi.
Chizish parametrlarini o’rnatish
Flash MX foydalanuvchiga ba’zi bir chizish uskunalari uchun umumiy bo’lgan chizish funksiyalari parametrlarini sozlash imkoniyatini beradi. Chizish parametrlarini sozlash uchun Edit menyusidan Preferences oynasi tanlanadi. Natijada Preferences muloqot oynasi paydo bo’ladi va ushbu muloqot oynasidan Editing bo’limi tanlanadi (4.12.20-rasm). Editing bo’limida mavjud elementlarning chizish uchun tegishli bolganlari ikki guruhga bo’linadi:

  1. Pen Tool bo’limi – mos ravishda faqat Pen uskunasi parametrlarini sozlash uchun;

  2. Drawing Settings –ba’zi bir chizish uskunalari uchun umumiy bo’lgan parametrlar;

Birinchi guruh elementlari uchta belgilash maydonchasidan tashkil topgan:



    • Show Pen Preview belgilash maydonchasi – chizilayotgan chiziqni chizish jarayonida ko’rinishi yoki ko’rinmasligini ta’minlaydi. Agar ushbu maydoncha belgilanmagan holda turgan bo’lsa, Pen uskunasi yordamida chiziq chizilayotganida chiziqning ikkinchi uchini belgilovchi nuqta qo’yilmaguncha chiziq ko’rinmaydi.

    • Show Solid Points belgilash maydonchasi – agar belgilangan holatda turgan bo’lsa, belgilangan ulash nuqtalar kontur ko’rinishida, belgilanmagan ulash nuqtalari bo’yalgan holatda chiqadi va aksinca maydoncha belgilanmagan holatda turgan bo’lsa, belgilanmagan ulash nuqtalari ko’ntur ko’rinishida, belgilangan nuqta bo’yalgan holatda chiqadi.

    • Show Precise Cursors belgilash maydonchasi belgilangan holatda turgan bo’lsa, Pen uskunasi tanlanganda sichqoncha ko’rsatkichi o’zaro kesishgan ikkita chiziq(krest) ko’rinishida chiqadi, agar belgilanmagan holatda turgan bo’lsa, uskuna tanlanganda sichqoncha ko’rsatkichi Pero ko’rinishini oladi.


Rasm. 4.12.20. Prefernce oynasi Editing bo’limi
Drawing Settings bo’limida beshta ochiluvchi matnli maydoncha mavjud:

  • Connect Line — chiziluvchi chiziqlarni tugallangan(yopiq soha hosil qilishi darajasi) bo’lishini ta’minlash rejimilarini tanlash.

  • Smooth Curves Penсil uskunasi yordamida chizilgan egri chiziqlarni silliqlash darajasini tanlash;

  • Recognize Lines — Chiziluvchi to’g’ri chiziqlarninng tekislash darajasini tanalsh;

  • Recognize Shapes — Chizilayotgan figuralarning standart geometrik shaklga yaqinlik darajasini belgilash;

  • Click Accuracy — Sichqoncha yordamida elementlarni tanlash aniqligini sozlash.

Izoh: Drawing Settings bo’limida keltirilgan parametrlar ko’proq Pensil uskunasi uchun mo’ljallangan bo’lib, bu parametrlarni har birida keltirilgan sozlash(aniqlik) darajalari bir-biridan nisbatan kamroq farq qilishi mumkin.



Yüklə 8,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin