Rasm. 4.12.17. Eraser Shape tugmachasiorqaliuskunasi shakli va o’lchamlarini tanlash
Eraser uskunasi o’lchami va shaklini Options bo’limida joylashgan Eraser Shape tugmachasidan tanlanadi. (4.12.17-rasm)
Figura kontur chiziqlari shaklini o’zgartirish Foydalanuvchi Pen, Pencil, Brush, Line, Oval yoki Rectangle uskunalari yordamida yaratilgan figuralarning konturi va chiziqlri shaklini o’zgartirishi mumkin. Ozgartirishni Arrow, Free Transform va Subselection uskunalarining ixtiyoriy biri yordamida amalga oshirish mumkin.
Figuraning chiziq va konturlarini Arrow uskunasi yordamida o’zgartirish uchun sichqoncha ko’rsatkichini chiziqning biror nuqtasiga olib borib, sichqoncha tugmasini bosgan holda kerakli yonalish boyicha harakatlantiriladi. Agar ko’rsatkich chiziqning burchak mavjud nuqtalariga olib borilsa ko’rsatkich ostida burchak shaklidagi belgi chiqadi va chiziq sichqoncha bilan ushlab(shu nuqtada sichqoncha tugmasini bosgan holda) harakatlantirilganda, burchak ko’rsatkich siljishiga mos ravishda o’zgaradi va o’z navbatida burcakni tashkil qiluvchi chiziqlar ham burchakka bo’g’liq tarzda o’zgaradi (4.12.18-rasm /a,b/). Agar ko’rsatkich chiziqning burchak mavjud bo’lmagan nuqtalari ustiga olib borilsa, ko’rsatkich ostida yoy belgisi chiqadi va chiziq sichqoncha bilan ushlab harakatlantirilganda chiziq yoy shaklida o’zgaradi(4.12.18-rasm /d,e/). Chiziqni ko’rsatkich turgan joyida burchak hosil qilish uchun tugmasini bosgan holda uni shakli o’zgartiriladi. (4.12.18-rasm /f ,g/)
Obyektning chizqlari va konturi ozgartirilganda mos ravishda uni ichini to’ldirib turuvchi bo’yoq ham o’zgaradi. (4.12.18-rasm /c, e/);
a) b)
c) d)
e) f) g)
Rasm. 4.12.18.Arrow uskunasi yordamida figura shaklini o’zgartirish
Agar ko’rsatkich turgan nuqta chiziq oxiri bo’lsa, uni uzaytirish yoki qisqartirish mumkin. Arrow uskunasi tanlanganda uskunalar panelining Options bo’limida Snap to Object, Smooth va Straighten tugmalari paydo bo’ladi (4.12.19-rasm).