Rasm. 4.12.13. Brush uskunasidan foydalanish rejimlari
Paint Normal — rejimida tahrirlanayotgan tasvirning ixtiyoriy qismiga yoki stolning ixtiyoriy joyiga chiziq chizish yoki uni bo’yash mumkin. (4.12.14- rasm. /b/);
Paint Fills — rejimi asosan bo’yash uchun mo’ljallangan rejim bo’lib, bu rejimda tahrirlanayaotgan tasvirni yoki stolning ihtiyoriy qismini unda mavjud chiziqlar rangini o’zgartirmagan holda bo’yash mumkin, ya’ni tahrirlanayotgan tasvirning kontur chiziqlari yoki stolda mavjud chiziqlar ystidan bo’yoq tortilganda ularning rangi o’zgarmaydi (514-rasm /c/);
Paint Behind — rejimida tahrirlanayotgan tasvirga va uning konturchiziqlariga tas’sir qilmasdan uning ortini, stolning bo’sh bo’lgan qismini ozinigina bo’yash yoki chizish mumkin (514-rasm /d/);
Paint Selection – belgilangan sohani bo’yash rejimi. Ushbu rejimda biror tasvirni tahrirlash lozim bo’lsa, avval tahrirlanuvchi ob'yekt sohasi belgilab olinadi va Brush uskunasini tanlab, Paint Selection rejimiga o’tiladi. So’ngra belgilangan soha ustida kerakli tahrirlashlarni olib borish mumkin. Bunda belgilanmagan soha yoki stolning bo’sh qismi o’zgarishsiz qoladi (514-rasm /e/);
Paint Inside — rejimida bo’yash yoki chizish amali, amal boshlangan sohani o’zi uchungina tegishli bo’ladi. Ob'yektning kontur chiziqlari o’zgarishsiz qoladi. Agar bo’yash yoki chizish montaj stolidan bo’slansa, bu amal boshqa obyektlarga tas’ir qilmasdan faqat stolni o’zidagina aks etadi, agar obyektning biror qismidan boshlangan bolsa, obyektning qolgan qismlariga va stolga bu amal ta’sir ko’rsatmaydi (514-rasm /e/).
а) Tasvirning boshlang’ich holati b) Paint Normal rejimi
c) Paint Fills rejimi 1) amal bajarilayotgan paytdagi holat
2) amal bajarib bo’lingandan keyingi holat d) Paint Behind rejimi
1) amal bajarilayotgan paytdagi holat
2) amal bajarib bo’lingandan keyingi holat e) Paint Selection rejimi
1) amal bajarilayotgan paytdagi holat
2) amal bajarib bo’lingandan keyingi holat f) Paint Inside rejimi
Rasm. 4.12.14.Brush uskunasining turli rejimlarini qo’llash effektlari
Foydalanuvchi qo’shicha ravishda uskunaning o’lchami, shakli va rangini tanlashi mumkin. Uskuna o’lchami va shaklini uskunalar panelining Options bo’limida joylashgan yordamchi tugmachalar orqali tanlash mumkin( 4.12.15-rasm /a va b/). Rang tanlashda esa hususiyatlar inspektori oynasidan yoki uskunalar paneli Colors bo’limidan Fill Color rang tanlash tugmachasidan foydalaniladi ( 4.12.15-rasm /c/).