Rasm. 4.15.1. “Soat” multigidan lavhalar
Soat haqidagi misolga keyinroq yana qaytamiz, freymlarni ketma-ket joylashtirish orqali hosil qilinuvchi animatsiyani yartish tavsifini boshqa misol orqali ko’rib chiqamiz. Aytaylik filmimiz qahramoni “shar” bo’lsin, ya’ni yerga tushayotgan va uch bo’lakka bo’linib ketgan shar harakatini tasvirlaylik. Ushbu syujetni yaratish uchun bizga beshta freym(ko’rinish) etarli deb hisoblaymiz:
Shar boshlang’ich holatda.
Shar tushayapti, lekin hali butun.
Shardan birinchi bo’lak ajralib chiqdi.
Shardan ikkinchi bo’lak ajralib chiqdi.
Stolda sharning oldingi holatidan hech narsa qolmadi
Ta’riflangan syujetga ko’ra filmda freymlar ketma-ketligi quyidagicha bo’lishi kerak:
Film uchun yangi fayl yarating , buning uchun Fayl menyusidan New bandini tanlang.
Stolda yuqoridagi syujetda keltirilgan to’rtta tasvirni yarating(4.15.2-rasm), birinchi va ikkinchi freymlarda bitta sharning boshlang’ich holati(butun shar)dan foydalaning.
Vaqt diagrammasidan birinchi freymni tanlang va sichqonchaning ong tugmachasini bosing. Hosil bo’lgan kontekstli menyudan Insert Blank Keyframe bandini tanlang.(4.15.3-rasm) Natijada bo’sh , yangi kalit frame yaratiladi.
Birinchi freymga o’tib, yaratilgan tasvirlardan birinchisini buferga ko’chirib oling. Buning uchun birinch tasvirni belgilab olinadi va sichqonchani o’ng tugmasi bosiladi. Hosil bo’lgan menyudan Copy bandi tanlanadi.
Ikkinchi freymga o’ting. Buferga olingan tasvirni stolga qoying. Buning uchun: stolning bosh joyiga borib sichqonchaning o’ng tugmasini bosing va menyudan Paste bandini tanlang. Tasvirni stolning biror yuqori qismiga joylashtiring. (4.15.4 – rasm /a/)
Vaqt diagrammasidan ikkinchi freymni tanlang va 3-chi bandda keltirilgan usul yordamida yangi freym qoshing;