SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. CorelDraw 2018 dasturining umumiy tuzilishi.
2. Dastur ishga tushirilgandan keyingi ishlar.
3. Xotirada bir nechta usullarda saqlash yo`llari.
4. Menyuning Файл (File) va Импортировать (Import...) buyrug`i.
5. CorelDRAW dasturida import qilingan tasvirlarni o`zgartirish.
12-Ma’ruza. Corel DRAW: Qatlamlar bilan ishlash. Reja:
1. CorelDraw instrumentlar satri
2. Obyektlar.
3. Ranglar qatlam va turli effektlar.
Tayanch so’z va iboralar: Kompyuter grafikasi; Rastr grafika; vektor grafika; AdobePhotoshop; Corel Draw; axborot texnologiya-larining tavsiflanishi; elektron ofis; kompyuter grafikasi; axborot texnologiyalari turlarining o‘zaro aloqasi; multimedia-texnologiya; interfeys;
Asboblar satri ishchi oynaning chap tomoniga joylashtirilgan bo`ladi. Asboblar satridagi grafik obyekti ustida quyidagi amallar bajariladi – obyektlarni yaratish, ajratish, muharrirlash va ko`chirish. Asboblar bilan ishlash paytida kursor tanlangan obyektga qarab shaklini o`zgartiradi. Shu bilan birga, asboblar satridagi ba’zi bir asboblar guruhini «Suzuvchi»(«Плаваюшие») panel ko`rinishida yoki «Flyout» ko`rinishida sozlash mumkin
6.4.1-rasm. Suzuvchi panel
Dockerko`rinishidagipanel. Docker ko`rinishidagi satri muloqot oyna
shaklida bo`ladi. Bu panellar har doim ekranda mavjud bo`ladi va ishchi oyna yonida joylashadi. Ekranga kerakli bo`lgan panelni chaqirish uchun menyuning Oyna (Window) va Docker (Dockers) ko`rinishidagi panel buyrug`i va ochilgan ro`yxatdagi panellardan bittasi tanlanadi.
Object Manager satri (Диспетчер объектов) — obyekt parametrlarini
tasvirlaydi, obyekt iyerarxiya qatlamlarini boshqaradi.
View Manager satri (Диспетчер видов) — «tasvir ko`rinishlari»ni tasvirlaydi
va boshqaradi.
Graphic and Text Styles satri (Стили текста и графики) – grafik va matn
stillarini yaratadi va o`zgartiradi.
Color Styles satri (Цветовые стили) — obyektlar bilan ishlashda ranglarni
tanlaydi va ular yordamida amallar bajaradi.
Symbols and Special Characters satri (Символы и специалные знаки) –
mavjud bo`lmagan belgilarni tasvirlashda foydalaniladi.
Internet Bookmark Manager satri (Диспетчер закладок Internet) —
gipermatnlarni boshqarish va yaratishda ishlatiladi.
HTML Object Conflict satri (Анализатор конфликтов объектов HTML) –
Internetda nashr etilgan avvalgi hujjatlarning to`g``riligini tekshiradi va
noto`g`rilarini tuzatadi.
Agarda yuqorida ko`rsatilgan menyuda qandaydir buyruq bo`lmasa u holda menyuni (Menu) Parametrlar (Options) yordamida qo`shish mumkin.