Qatlamlar bilanishlash Qatlam deganimizda obyektlar joylashtiriladigan plyonkasimon tekislikni
tushunamiz. Bu tekislikni barcha obyektlari bilan siljitish, o`chirish, ekranda ko`rsatish va bosmadan chiqarishga bog`liq bo`ladi. CorelDraw dasturida hujjat yaratilganda to`rtta qatlam bo`ladi: birinchi qatlam – tasvir tushadigan (Layer 1), ikkinchisi – (Master Grid) tori (setka) uchun, uchinchisi – (Master Guides) yo`nalish uchun va to`rtinchi – «ish stoli» (Master Desktops) uchun mo`ljallangan bo`ladi. Yangi qatlamlarni qo`shish obyektlar bilan ishlashda qiyinchilik tug`dirmaydi. Har bir sahifadagi qatlamlar soni bir xil parametrlarda va bir xil nomda bo`ladi. Agarda qandaydir qatlam bitta sahifada ko`rinmas holga kelib qolsa, boshqa sahifalardagi qatlamlar ham ko`rinmas holda bo`ladi. Shu bilan birga barcha sahifada qatlamlarning joylashish tartibi ham birdan o`zgaradi.[1]
Qatlamlar bilanishlashning Диспетчер объектов (ObjectManager) satri Qatlamlar ustidagi hamma operatsiyalar (yaratish, o`chirish, to`g`rilash va
hokazo) Диспетчер объектов (Object Manager) satri yordamida bajariladi.Bu ekranga menyuning Окно\Панели типи Docker (Windows\Dockers) va Диспетчер объектов (Object Manager) buyruqlari bilan chaqiriladi.
Panel sarlavhasi tagida to`rtta tugma joylashgan bo`ladi (chapdan o`ng tomonga qarab):
1. Новый слой (New layer) tugmasi yangi qatlamni Слой (Layer) nomi va mos raqamni qo`shadi.
2. Показать свойства объектов (Show Objects Properties) tugmasi obyektning xossalarini ko`rsatadi.
3. Для редактирования tugmasi barcha qatlamlar uchun tuzatish kiritish imkoniyatini beradi, agarda u o`chirilgan bo`lsa, faqat joriy qatlamda ishlatsa ham bo`ladi.
4. Вид диспетчера слой (Layer Manager View) tugmasi qatlamlar dispetcheri ko`rinishini ko`rsatadi.
Piktogramma sichqonchani o`ng tomon tugmasi bilan chertilsa qatlamning xossasini bildiradigan menyu chiqariladi va uning yordamida qatlamni o`chirish yoki uning nomini o`zgartirishi mumkin.