SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Rang nima? U qanday xususiyatlarga ega?
2. Rangning qanday xarakteristikalarini bilasiz?
3. Rangning qanday modellari mavjud?
4. Rang modellari bir – biridan nima bilan farq qiladi?
5. Rangning RGB modelini tushuntiring.
6. Maksvell uchburchagini tushuntiring.
7. Rangning SMU modelini tushuntiring.
8. Ranglarning qanday modellarini bilasizmi?
10-Ma’ruza. Egri chiziqlar va sirtlar uchun Brezenxli algoritmi Reja:
1. Kompyuter grafikasida sirtlar
2. Brezenxli algoritmi
Tayanch so’z va iboralar: Kompyuter grafikasi; Rastr grafika; vektor grafika; AdobePhotoshop; Corel Draw; axborot texnologiya-larining tavsiflanishi; elektron ofis; kompyuter grafikasi; axborot texnologiyalari turlarining o‘zaro aloqasi; multimedia-texnologiya; interfeys;
Ko`pgina grafik qurilmalar rastrli, ya’ni tasvirni piksellar (rastr) to`g`ri burchakli matritsasi (butun sonlardan tuzilgan setka) ko`rinishda ifodalaydi. Shu sababli rastr algoritmlariga zaruriyat tug`iladi. Ammo aytish joizki ko`pgina grafik bibliotekalarda (modul) etarlicha oddiy rast algoritmlari mavjud. Rastr (grafikasida) setkasida asosiy tushunchalardan biri bu bog`lanishlik, ya’ni rastr chizig`ining ikki qo`shni (yonma-yon joylashgan) piksellarning bog`lanish imkonyati. Savol: qachon (x1,y1) va (x2,y2) piksellar qo`shni deb hisoblanadi? To`rt bog`lanishlik. Piksellar qo`shni deyiladi agar ularning x– koordinatalari yoki y-kordinatalari birga farq qilsa quyidagi ko`rinishda bo`ladi, ya’ni:
(3.1.1)
To’rt bog’lanishlik
Sakkiz bog`lanishlik. Piksellar qo`shni deyiladi agar ularning x- va y-koordinatali birdan ko`pga farq qilmasa quyidagi ko`rinishda bo`ladi, ya’ni
(3.1.2)
Sakkiz bog’lanishlik
To`rt bog`lanishlik tushunchasi sakkiz bog`lanishdan kuchliroq, ya’ni ikkita to`rt bog`lanishlik piksellar har doim sakkiz bog`lanishlik, teskarisi har doim o`rinli emas.[5]
Rastr setkasida ixtiyoriy egri chiziq P1, P2, ..., Pnpiksellar guruhi orqali ifodalanadi, bu erda ixtiyyoriy ikkita Pi va Pi+1 – qo`shni piksellar. Yuqorida keltirilgan ta`riflarga ko`ra egri chiziq to`rt bog`lanishlik va sakkiz bog`lanishlik bo`lishi mumkin.