Kompyuter geometriyasi va grafikasi”



Yüklə 8,81 Mb.
səhifə10/114
tarix19.12.2023
ölçüsü8,81 Mb.
#185454
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   114
Majmua pechatga tayyor

Shtrixli tasvir uchun kvantlashtirish
Axromatik rangning qiymati Kodi
Qora 0
Oq 1
Original tasvirdagi diskret yacheyka oq rangda bo`lsa, matritsaning mos yacheykasiga «bir» yoziladi, qora rangda bo`lsa, «nol» yoziladi. Matritsaning barcha yacheykalari to`liq toidirilgandan so`ng berilgan tasvirni kodlashtirish jarayoni yakunlanadi. Matematik matritsa raqamlar to`plami bilan to`ldirildi – bu tasvirning raqamli ko`rinishi, ya’ni raqamli tasvir. Shunday qilib, olingan jadvalga kompyuterli usulda qandaydir ikkili sonlar, impulslar ketma-ketligi yozilishi mumkin. Informatsiyani bunday ko`rinishda hisoblash sistemalari vositasida saqlash, uzatish va cheklanmagan marta nusxalash mumkin. Foydalanuvchiga bunday informatsiyaga umuman ruxsat yo`q.
Tasvirning qaysidir qismini o`zgartirish uchun bitli kartada namoyish etish (vizualizatsiya), ya’ni tasvirni ko`zga ko`rinarli qilish mumkin, birinchi navbatda monitor ekranida. Tasvirni oydinlashtirish zaruriyati. Umumiy holda to`liq rangli tasvir (rangli fotosurat, rangli slayd) uzluksiz (continuous) signalni ifodalaydi. Tasvirning tarkibida rasman (formal) ifodalangan elementlar mavjud emas. Tasvirni raqamli ko`rinishda ifodalashning birinchi sharti
majburiy oydinlashtirish hisoblanadi.

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Tasvirlarning sifatini oshirishning asosiy yo`nalishari.
2. Bir jinsli sohalar yorug`ligi farqini o`zgartirish.
3. Halaqitlarni yo`qotish.
4. Gistogramma ko`rinishini o`zgartirish.
5. Chegaralarni kuchaytirish.
6. Shtrixli tasvir uchun kvantlashtirish.

6-Ma’ruza. Adobe Photoshop
Reja:
1. Adobe photoshop menyu satri.
2. Adobe photoshop dasturning ish kurollari.
3. Matn va grafik shakllar yaratish.
Tayanch so’z va iboralar: Kompyuter grafikasi; Rastr grafika; vektor grafika; AdobePhotoshop; Corel Draw; axborot texnologiya-larining tavsiflanishi; elektron ofis; kompyuter grafikasi; axborot texnologiyalari turlarining o‘zaro aloqasi; multimedia-texnologiya; interfeys;
Adobe Photoshop dasturi – grafik obyektlarni qayta ishlash, o`zgartirish, saqlash uchun qo`llanuvchi ko`p sonli dasturlardan biridir. Adobe Photoshop palitra bilan ishlash, skanerlash, import va eksport qilish, sohani belgilash, konturlar, rasm chizish, rang tanlash, qatlamlar, niqoblar, filtr, tasvir o`lchami, tasvir ruxsat etilganligi, tasvirni almashtirish, tasvirni chop etish va boshqa ko`plab imkoniyatlarga ega.

Photoshop dasturi – grafik muharriri bo`lib, rastr (nuqtali) tasvirlar bilan ishlashga mo`ljallangan (rastr formatli grafik fayllar, fotografiya, tasvirlar va hokazo)


PhotoShop dasturining interfeysi quyidagi qismlardan iborat:
 sarlavha satri va asosiy menyu;
 parametrlar satri;
 uskunalar satri;
 palitralar sohasi;
 ishchi soha;
 holat satri.


6.1.1-rasm. PhotoShop dasturining umumiy interfeysi.


Asosiy menyuning quyidagi bo`limlari mavjud:
Файл (Fayl) - tasvirlar saqlanadigan fayllar ustida amallar;
Редактирование (Tahrirlash) - tasvirlarni tahrirlash amallari;
Изображение (Tasvir) - tasvirning umumiy parametrlarini o`zgartirish;
Слои (Qatlam) - tasvir qatlamlari bilan ishlash;
Шрифты (Shrift) - shriftlar bilan ishlash;
Выделение (Ajratma) - tasvir bo`lagini ajratish va ajratmalar bilan ishlash;
Фильтр (Filtr) - tasvirni butunlay yoki qisman o`zgartirish uchun xizmat qiladigan maxsus effektlarni qo`llash uchun ishlatiladi;
3D (Uch o`lchamli) – uch o`lchamli obyektlar bilan ishlash;
Просмотр (Ko`rish) - ilovaning tashqi ko`rinishi va undagi boshqarish obyektlarini ko`rsatish uchun xizmat qiladi;
Окно (Oyna) - ilova oynalarini, birinchi navbatda, ilova palitralarini boshqarish uchun xizmat qiladi;
Справка (Ma’lumot) - turli yordamlarni chaqirish uchun ishlatiladi.
Uskunalar satrida foydalanuvchi tomonidan tasvirlar bilan ishlashda kerak bo`ladigan uskunalar joy olgan. Uskunalar soni ko`p bo`lganligi sababli bitta tugma ostida odatda bir nechta uskunalar joylangan bo`ladi. Bu uskunalarga klaviaturada bir xil harf mos qo`yilgan. Bu harfni ketma-ket bir necha marta bosib, kerakli uskunani tanlab olish mumkin. Uskunalarga lotin alifbosining bosh harflari mos qo`yilgan va ularni chaqirish uchun klaviatura tugmasi Shift tugmasi bilan birgalikda bosiladi. Bu esa klaviatura tugmasi tasodifan bosilib ketishi va uskuna ishga tushishining oldini oladi. Parametrlar satrida tanlangan uskunaning joriy parametrlari ko`rsatiladi. Zarurat bo`lganda bu yerda uskunaning parametrlarini o`zgartirish mumkin. [6]
Palitralar sohasi PhotoShopning qo`shimcha imkoniyatlaridan foydalanishda juda qo`l keladi. Zarur bo`lganda u yerga palitra chaqiriladi. Kerakmas paytda palitralar olib qo`yiladi va tasvir bilan ishlash uchun ko`proq joy ochiladi. Palitralar ham uskunalar kabi bir nechtasi birlashtirilgan. Ulardan birini tanlash uchun palitra oynasining mos jildi ochiladi.

Yüklə 8,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin