Rasm. 4.11.27. Transform oynasi
Constrain yozuvi qatoridagi matnli maydonlarga mos ravishda ob'yekt o’lchamini gorizontal yoki vertikal yo’nalish bo’yicha foiz hisobida o’zgartirish qiymati kiritiladi. Boshlang’ich holatda bu maydonchalarda 100% qiymati turadi. Agar Constrain “belgilash maydoncha”si belgilangan holatda bo’lsa, bitta maydonchaga kiritilgan o’zgartirish qiymati ob'yekt o’lchamining har ikkala yo’nalishi bo’yicha proporsional ravishda ta’sir qiladi. Agar ob'yektni biror burchakka burish kerak bo’lsa, Rotate “Tanlash maydoncha”si tanlanadi va “burchak” belgisi turgan matnli maydonchaga burish burchagi qiymati kiritiladi(gradus o’lchovida). Agar ob'yektni biror bir burchakka gorizontal yoki vertikal yo’nalish bo’yicha qiyalashyirish kerak bo’lsa, Skew tanlash maydonchasi tanlanadi va mos ravishda shu qatorda turgan matnli maydonchalarga gorizontal va vertikal yo’nalish bo’yicha burish burchagi qiymati kiritiladi.
Oynaning ong-pastki burchagida ikkita tugmacha joylashgan:
Copy And Apply Transform –boshlang’ich tasvirni saqlab qolgan holda holati ozgartirilgan tasvirni berilgan parametr bo’yicha navbatdagi holatga avtomatik tarzda otjazadi. Hosil bo’lgan tasvir navbatdagisi uchun boshlang’ich tasvir bo’lib ximat qiladi. Tasvir nushasi aslidan joylashgan holati bo’yichagina farq qilishi mumkin. 4.11.28-rasmda ushbu tugmachadan foydalanib, obyektni 30◦ burilgan holati tasvirlangan. Copy And Apply Transform tugmachasi tasvirlar almashinishi natijasida yuzaga keladigan animatsiyalar yaratishda qo’l keladi.
Reset – Ob’yektning boshlang’ich parametrlarini tiklash uchun xizmat qiladi;
Rasm. 4.11.28.Copy And Apply Transform yordamida obyektni holati ozgartirish(chapda — boshlang’ich tasvir, o’ngda— holati o’zgargan)
“Transformatsiya nuqtasi” holatini o’zgartirish Flash MX oldingi versiyalardan farqli ravishda har bir obyektning “Transformatsiya nuqtasi” (Transformation point) deb ataluvchi elementi mavjud.
“Transformatsiya nuqtasi”- obyektning shaklini va holtini o’zgartirishda uning geometrik markazi vazifasini otaydi. Bu nuqta obyektni Free Transform uskunasi bilan tanlangandagina ko’rinadi va ob'yekt markazida turadi (4.11.29-rasm).