Kompyuter geometriyasi va grafikasi”



Yüklə 8,81 Mb.
səhifə98/114
tarix19.12.2023
ölçüsü8,81 Mb.
#185454
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   114
Majmua pechatga tayyor

Rasm. 4.12.5. Line, Oval va Rectangle uskunalarida chizilgan standart figuralar uchun hususiyatlar inspektori bichimi
Pen Tool
Pen tool uskunasi yordamida beze mehanizmi asosida to’g’ri va siniq chiziqlarni chizish mumkin. Ushbu uskuna yordamida to’g’ri chiziq chizish uchun chiziqning boshlang’ich va ohirgi nuqtalarni ko’rsatish zarur. Nuqtalar sichqoncha tugmasini bosish orqali qo’yiladi, oxirgi nuqta qo’yilganda esa sichqoncha tugmasi ikki marta bosiladi.
Siniq chiziq to’g’ri chiziqlardan tashkil topadi. 4.12.6 /a/ –rasmda uchta to’g’ri chiziqdan tashkil topgan siniq chiziq tasvirlangan. Chiziluvchi chiziqlar berk soha tashkil qilishi yoki qilmasligi mumkin. Berk soha bilan oralgan biror figura hosil qilish uchun, ohirgi nuqta sfatida boshlang’ich nuqta ustida sichqoncha tugmasini bosish etarli(4.12.6 –rasm /b/).


  1. b)

Rasm. 4.12.6. Pen uskunasi yordamida siniq chiziqlar /a/
va siniq chiziqdan tashkil topgan figura chizish /b/
Pen Tool uskunasi yordamida silliq egri chiziq chizish urinmalarni joylashtirishga asoslangan. Urinma – bu asos nuqtadan o’tuvchi to’g’ri chiziqdir(4.12.7-rasm /a/). Urinmalar bu sichqoncha ko’rsatkichi va chiziladigan egri chiziq orasida “vositachi” vazifasini o’taydi.
Pen Tool uskunasi yordamida silliq egri chiziq chizish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Pen Tool uskunasi tanlanadi va birinchi asos nuqta qo’yiladi;

  2. Chiziqning ikkinchi tomoni joylashishi kerak bo’lgan joyga sichqoncha ko’rsatkichini olib kelib, uning chap tugmasini bosgan holda sichqoncha kerakli yonalishga siljitiladi. Natijada bu ikkita asos nuqtani tutashtiruvchi egri chiziq hosil bo’ladi (4.12.7-rasm /b/) va sichqoncha siljitilishiga bog’liq ravishda chiziqning shakli ham o’zgaradi. Chiziqning ikkinchi uchi sifatida qo’yilgan nuqtadan urinma o’tadi va mana shu urinma sichqonchani siljitish jarayonida chizilayaotgan egri chiziqning botiq yoki qabariqlik darajasini belgilaydi.

  3. Kerakli natijaga erishilgandan so’ng sichqoncha tugmasi qo’yib yuboriladi. Chiziqning ikkinchi uchidagi nuqta urinish nuqtasi bo’ladi. Mana shu nuqtadan u bilan keyingi qo’yilishi kerak bo’lgan nuqtani tutashtiruvchi egri chiziq bukiladi. Agar chizishni davom ettirish kerak bo’lsa, birinchi va ikkinchi banddagi jarayon takrorlanadi. Chizishni yakunlash uchun tugmasi bosiladi yoki boshqa uskuna tanlanadi yoki sichqoncha ko’rsatkichini kerakli joyga olib borib, chap tugmasi ikki marta bosiladi.



  1. b)


Yüklə 8,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin