Rasm. 4.11.42. Obyektlarni markazda turganiga nisbatan tekislash
(a - asl holati; b)- tekislangan holat)
a) b) c) Rasm 4.11.43. Obyeklarni bir-biriga nisbatan o’lchamlarini tenglashtirish.
( a – vertikal, b - gorizontal, c - gorizontal-vetikal)
Rasm. 4.11.44.Obyektlarni o’zaro joylashuvini(oraliq masofalarini) tekislash
Savol va topshiriqlar. 1. Obyektlarni belgilash uskunalari.
2. Arrow Tool.
3. Lasso Tool.
4. Subselection Tool.
5.Bir nechta obyektni belgilash va obyektlarni guruhlash.
6. Ob’yektlar ustida boshqa amallarni bajarish.
7. “Transformatsiya nuqtasi” holatini o’zgartirish
8. Ob'yekt o’lchamini o’zgartirish
9. Ob'yektni burish.
10. Ob'yektni akslantirish.
11. Obyektni qiyshaytirish.
12. Ob'yekt shaklini ozgartirish va perspektiva effektini yaratish.
13. Obyektlarni tekislash
Adabiyotlar 1. М. Н. Петров, В. П. Молочков, Компьютерная графика. Питер, 2003, 736 с.
2. М. Н. Петров,Компьютерная графика. Учебник – СПб: Питер, 2011, 536 с.
14- Amaliy mash’gulot Mavzu: Macromedia Flashda ishlashni o`rgatish. Maqsad: Macromedia Flashda ishlashni o`rgatish. Texnik va dasturiy vosita: Komyuter, videoproyektor, Plakatlar, Windows 7 OS va Macromedia Flash dasturi Amaliy mash’gulotbayoni. Oldingi bobda ko’rib o’tilganlardan shuni bilish mumkinki, Flash MX dan grafik obyektlar bilan ishlashda MS Paint yoki Paint Shop Pro tipidagi grafik muharrir sifatida foydalanish mumkin. Quyida Flash MX ning grafik obyektlarni yaratishda qo’llash mumkin bo’lgan boshqa imkoniyatlari bilan, grafik obyektlarni yaratish bilan tanishib chiqamiz.
Grafik figuralarni chizishda foydalaniladigan uskunalari Tahrirlash uskunalar panelida joylashgan uskunalar haqida so’z yuritganimizda biz ularni ikki guruhga ajratgan edik: 2) belgilash va tanlash uchun mo’ljallangan uskunalar, 2) chizish, bo’yash va matn qo’shish uchun mo’ljallangan uskunalar.
Figura chizishda foydalaniladigan uskunalar ham uskunalar panelining Tools bo’limida joylashgan.(4.12.1-rasm). Ular:
Line uskunasi – to’gri va siniq chiziqlarni chizish uchun qo’llaniladi. Ushbu uskunaning qoshimcha imkoniyatlarini beruvchi tugmachalari yo’q. Hususiyatlar oynasidan chiziq qalinligi va rangini, hamda ciziq turini tanlashingiz mumkin.
Pen uskunasi Beze mehanizmi asosida yuqori aniqlikda to’g’ri, siniq va silliq egri chiziqlarni chizish uskunasi.
Oval uskunasidan — turli radiusga ega bo’lgan ellips va aylanalar chizishda foydalaniladi. Yaratilgan figura ikki qismdan iborat bo’ladi: figura(obyektning)ning chegaralovchi kontur chiziq(Outline) va konturning ichki sohasi rangi(Fill)-bo’yoq. Bu qismlarni bir-biridan alohida ravishda tahrirlash mumkin. Kontur chiziq hususiyatlari(chiziq turi, qalinligi va rangi)ni hususiyatlar oynasidan sozlanadi.
Rectangle uskunasidan — to’rtburchak chizishda foydalaniladi. Ushbu uskuna yordamida yaratilgan figura ham ikki qismdan: kontur va bo’yiqdan tashkil topadi va ularni alohida-alohida tahrirlash mumkin. Kontur chiziq hususiyatlari(chiziq turi, qalinligi va rangi)ni hususiyatlar oynasidan sozlanadi. Ushbu uskuna tanlanganda uskunalar panelining Options bo’limida uskunaning qo’shimcha imokniyatini beruvchi bitta tugmacha chiqadi(Round Rectangle Radius). Bu tugmachadan foydalanib, Burchalari yoy shaklida bo’lgan to’rtburchak chizish mumkin.
Pencil uskunasi ixtiyoriy chiziqni chizish uchun mo’ljallangan.
Brush uskunasidan mo’yqalam sifatida foydalanish mumkin. u yordamida qalin chiziqlar chizish va alohida sohalarni bo’yashda foydalanish mumkin.
Eraser uskunasidan esa “Ochirgich” sifatida foydalaniladi.