Rasm. 4.11.32. Joriy obyektni (a) Flip Vertikal (b)va Flip Horizontal (с) menyu bandlari yordamida akslantirish
Rasm. 4.11.33. Obyektni Free Transform uskunasi yordamida akslantirish
Obyektni qiyshaytirish Obyektni qiyshaytirish(Skewing) deb bu erda obyektni bir tomonini joyidan qimirlatmagan holda biror yo’nalishga burish, ob'yekt shaklini o’zgartirish nazarda tutilgan. 4.11.34 rasmda obyektni gorizontal yo’nalish bo’yicha, 4.11.35-rasmda esa vertikal yo’nalish bo’yicha qiyshaytirish tasvirlangan.
Rasm. 4.11.35. Obyektni vertikal yo’nalish bo’yicha qiyshaytirish
Obyektni qiyshaytirishni to’gridan-to’g’ri sichqoncha yordamida yoki Transform oynasi orqali amalga oshirish mumkin.
Obyektni sichqoncha yordamida qiyshaytirish uchun quyidagi amallar bajariladi:
Free Transform uskunasi tanlanadi va kerakli ob'yekt belgilanadi;
Sichqoncha ko’rsatkichini ikkita marker orasiga olib kelinadi(agar ob'yektni vertikal yo’nalishga qiyshaytirish kerak bo’lsa, ob'yekt chegarasida joylashgan to’rtburvertikal chiziqda yotgan markerlar orasiga, gorizontal yo’nalish bo’yicha qiyshaytirish kerak bo’lsa, gorizontal chiziqda yotgan markerlar orasiga). Sichqoncha ko’rsatkichi mos ko’rinishga(4.11.1-jadval(5,6)) kirgandan so’ng chap tugmachasini bosgan holda ko’rsatkich kerakli yo’nalishga suriladi.
Obyektni Transform oynasi orqali qiyshaytirish uchun:
Arrow uskunasi bilan kerakli ob'yekt tanlanadi
Skew maydonchasi tanlanadi.
Mos matnli maydonlarga obyektni og’ish burchagi qiymati beriladi va tugmasi bosiladi.Agar maydonga musbat son kiritilsa ob'yekt berilgan burchakka soat strelkasi yo’nalishi bo’yicha og’adi va aksincha manfiy son berilsa soat strelkasiga teskari yo’nalish bo’yicha og’adi. Agar obyektni bir vaqtning o’zida ham gorizontal, ham vertikal yo’nalish bo’yicha biror burchakka og’dirish kerak bo’lsa, har ikkala matnli maydonchaga kerakli qiymatlar kiritiladi va (4.11.36 rasm).
Rasm. 4.11.36.Ob'yektni Transform oynasi orqali qiyshaytirish
(a - obyektning asl holati, b – gorizontal yo’nalish bo’yicha 50 burchakka og’dirilgan holat)
Ob'yekt shaklini ozgartirish va perspektiva effektini yaratish Ob'yekt shaklini o’zgartirish va perspektiva effektini yaratish uchun Free Transform uskunasining qo’shimcha imkoniyatlarini beruvchi Envelope va Distort tugmalaridan foydalanish mumkin.
Perspektiva effektini yaratish uchun:
Kerakli obyektni Free Transform uskunasi bilan belgilanadi;
Distort tugmasi tanlanadi;
Sichqoncha ko’rsatkichi obyektni o’rab turuvchi to’rtburchak burchaklarida joylashgan markerlardan birining ustiga olib boriladi va sichqoncha ko’rsatkichi oq rangli strelka shaklini olganda sichqonchaning chap tugmasi bosiladi. Sichqoncha tugmasini qo’yib yubormagan holda markerni kerakli yo’nalishga siljitiladi. Bunda ob'yektning qolgan burchaklardagi markerlari o’z o’rnidan qimirlamaydi.(4.11.38-rasm) kerakli natijaga erishgandan so’ng sichqoncha tugmasi qo’yib yuboriladi.