Kompyuter geometriyasi va grafikasi”



Yüklə 8,81 Mb.
səhifə96/114
tarix19.12.2023
ölçüsü8,81 Mb.
#185454
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   114
Majmua pechatga tayyor

Rasm. 4.12.1. Uskunalar paneli, Tools bo’limi
Endi ba’zi bir chizishda foydalaniladigan uskunalari bilan yaqindan tanishib chiqsak.
Rectangle Tool
Rectangle uskunasi yuqorida ta’kidlanganidek, to’rtburchak chizish uchun qo’llaniladi. To’rtburchak chizish esa sichqoncha ko’rsatkichini stolning bo’sh joyiaga olib borib, chap tugmasini bosgan holda kerakli yo’nalishga harakatlantirish orqali amalga oshiriladi.
Ushbu uskunaning parametrlari quyidagicha sozlanadi:

  • Burchaklari yoy shaklida chiquvchi to’rtburchak chizish uchun Options bo’limidan Rectangle uskunasining qo’shimcha imkoniyaini beruvchi Round Rectangle Radius tugmachasi tanlanadi. Paydo bo’lgan oynachadagi matnli maydonga yoy radiusi(nuqta hisobida) beriladi.(4.12.2-rasm \a\ ). Yoy radiusi kiritib bo’lingandan so’ng to’rtburchak chizilsa, uning tomonlari ko’rsatilgan radiusli yoy bilan tutashgan holda bo’ladi. (4.12.2-rasm \b\ ).

  • Kontur va bo’yoq rangini tanlash uchun hususiyatlar oynasidan mos tugmachalar bosiladi va kerakli rang tanlanadi(4.12.3-rasm). Kerakli parametrlarni tanlab bo’lingandan so’ng, chizilgan figura shu parametrlar asosida yaratiladi.

  • Chiziq qalinligi ham hususiyatlar oynasidan o’rnatiladi(4.12.3-rasm). Boshlang’ich holda kontur qalinligi 0.25 nuqta(points) qalinlikda bo’ladi. Chiziq qalinligini berishni – klaviatura yordamida qiymat kiritish orqali yoki sichqoncha yordamida sozlash orqali amalga oshirish mumkin. Kiritiluvchi qiymat 0 dan 10 gacha oraliqdagi ixtiyoriy son bo’lishi mumkin.

  • Chiziq turini ham hususiyatlar oynasidan tanlanadi (4.12.3-rasm). Boshlang’ich holda bu maydonchada Solid chiziq turi turadi.

  • Custom… tugmachasi bosilganda muloqot oynasi paydo bo’ladi.(4.12.4-rasm) Ushbu muloqot oynasidan chiziq turi(Type matnli tanlash maydoni), qalinligi(Thickness matnli tanlash maydoni) hamda o’tkir burchak(Sharp Corners belgilash maydonchasi) parametrlarini sozlash mumkin. Ushbu oynada o’rnatilgan parametrlar - hususiyatlar oynasiga va aksincha hususiyatlar oynasida o’rnatilgan parametrlar - ushbu muloqot oynasiga avtomatik tarzda o’rnatiladi.



  1. b)


Yüklə 8,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin