Rasm. 4.12.7. Pen Tool yordamida egri chiziq chizish
Pen tool yordamida tugallanmagan chiziqlarni unda yotuvchi nuqtalardan davom ettirish mumkin.
Rasm. 4.12.8. Pen uskunasi yordamida tugallanmagan chiziqni davom ettirish
Chiziq chizib tugatib bo’lingandan so’ng uni Pen, Arrow, Free Transform yoki Subselection uskunasining ixtiyoriy birortasi bilan o’zgartirish va tahrirlash mumkin. Boshqa uskunalardagi kabi Pen uskunasida ham chizilgan chiziqlar uchun foydalanuvchi chiziq turi qalinligi va rangi kabi hususiyatlarini 4.12.3-rasmda keltirilgani kabi hususiyatlar inspektori oynasidan sozlashi mumkin, hamda agarda chizigan soha biror berk sohani tashkil qilsa bu sohani bo’yash mumkin.
Agar uskuna tanlangan paytda hususiyatlar inspektori oynasi foydalanilayotgan ishchi muhitda yo’q bo’lsa, uni chiqarish uchun Window menyusidan Properties menyu bandi tanlanadi. Chizilgan chiziqning yoki figuraning hususiyatlarini o’zgartirish uchun uni belgilab olinadi va kerakli hususiyatlar tanlanadi. Pen uskunasi Web sahifalar yaratishda nostandart formalar yaratishda juda qo’l keladi.
Pencil Tool Pensil uskunasini juda ko’plab grafik muharrirlarda uchratgansiz, lekin Flash MXda bu uskuna boshqa ba’zi bir garfik muharrirlardan bir muncha farq qiladi. Quyida biz Pencil uskunasining boshqa grafik muharrirlaridan farqli tomonlarini ko’rib chiqamiz.
Pencil uskunasi turli chiziqlrni chizish uchun qo’llaniladi. Pensil uskunasi tanlanganda uskunalar panelining Options bo’limida bitta tugmacha paydo bo’ladi. Ushbu tugmani bosganimizda Pensil uskunasi chizish rejimini belgilovchi uchta bandli ro’yhat chiqadi.(Rasm 4.12.10)
Rasm. 4.12.10.Pencil uskunasida chizish rejimlari ro’yhati
Pensil uskunasida chizish albatta sichqoncha yordamida bajariladi. Bunda chizilgan chiziqlar ko’ngildagidek chiqmasligi mumkin. Shu sababli chizilgan chiziqlarni to’g’ri yoki silliq chiqishini ta’minlash maqsadida Pensil uskunasining chizish rejimlaridan foydalaniladi.
Straighten rejimi tanlangan holda chizilgan chiziqlar avtomatik tarzda to’g’ri chiziq bilan almashinadi yoki noaniqroq shaklga ega biror figura chizilsa, u shu figuraga o’xshash aniq bir geometrik figuraga o’zgaradi(4.12.11-rasm).
Smooth rejimida chizilgan chiziqlar to’gri chiziq bilan emas silliq chiziqlar bilan almashinadi, shunga mos ravishda chizilgan figuralar boshlang’ich ko’rinishiga juda yaqin, lekin uni tashkil qiluvchi chiziqlari esa silliq chiziq bilan almashingan holatda nomoyon bo’ladi (4.12.11-rasm). Straighten rejimida chizilgan chiziqlarning bukilgan sohalari burchak tashkil qiluvchi to’g’ri chiziqlar bilan almashinadi, Smooth rejimida esa bukilgan soha chiziqlari silliq chiziq bilan almashinadi va bukilish sohalari boshlang’ich holatiga nisbatan o’zgarishi mumkin.Boshqacha qilib aytganda Straighten rejimi Smooth rejimiga nisbatan “ qattiqqo’l ”roqdir.
Uchinchi rejim – Ink rejimi – Smooth rejimidagi kabi chiziqlarni silliqlash uchun hizmat qiladi. Bu rejimning Smooth rejimidan farqi, chizilgan chiziqlar boshlang’ich holatiga nisbatan deyarli o’zgarmaydi, faqat chiziqlardagi g’adir-budurliklar tekislanadi.