Hosil bo’lgan yangi freymga o’tib, yana buferdagi tasvirni qo’ying. Tasvirni ikkinchi freymdagidan pastroqqa joylashtiring. (4.15.4 – rasm /b/)
Uchinchi freymni tanlab, yana yangi freym yarating.
Birinchi freymga o’tib, mos, uchinchi tasvirni ko’chirib olib, uni yangi freymga joylashtiring. (4.15.4 – rasm /c/)
To’rtinchi freymni tanlab yana yangi freym yarating.
Birinchi freymga o’tib, to’rtinchi tasvirni ko’chirib olib, yangi freymga qo’ying. (4.15.4 – rasm /d/)
Beshinchi freymni tanlab, yangi freym yarating.
Birinchi freymga o’tib, ohirgi tasvirni ko’chirib, ohirgi yaratilgan bo’sh freymga qoying. (4.15.4 – rasm /e/)
Birinchi freym endi bizga kerak emas, shuning uchun uni ochirib tashlash mumkin. Buning uchun: birinchi freymni tanlaymiz va sichqonchaning o’ng tugmasini bosamiz. Hosil bo’lgan menyudan Remove Frames bandini tanlaymiz. (4.15.4 – rasm /f/)
/a/ /b/ /c/0
/d/ /e/ /f/
Rasm. 4.15.4.“Shar” animatsiyasini yaratish jarayoni
Bizning birinchi multigimiz tayyor bo’ldi, faqat uni diskka saqlab qo’yishni esdan chiqarmaslik lozim. Buning uchun: Fayl menyusidan Save bandi tanlanadi va filmga nom beriladi. Endi filmni tekshirib ko’rish kerak. Film nomoyishini ko’rish uchun birinchi freymga o’tib, Enter tugmasini bosish etarli yoki Control menyusidan Play bandini tanlanadi. Buning natijasida vaqt diagrammasi kallagi navbatma-navbat freymlarga o’tadi va ularga bog’langan tasvirlar navbatma-navbat stolda nomoyon bo’la boshlaydi. Siz to’g’ridan-to’g’ri qaysi freymga qaysi tasvir bog’langanligini ko’rishingiz mumkin. Buning uchun vaqt diagrammasidan kerakli freym joylashgan yacheykani sichqoncha yordamida tanlashingiz yetarlidir. Yuqorida ko’rib o’tilgan filmni yaratish jarayonida hamma ko’rinishni oldin bitta freymga chizib olib ularni keyin boshqa freymga ko’chirib olib o’tildi. Murakkab bo’lmagan filmlarni yaratishda tasvirni to’g’ridan-to’g’ri yangi freymni o’zida yaratib ketish mumkin. Buning uchun:
Vaqt diagrammasida yangi freym yaratib olinadi;
Hosil bo’lgan freymga bog’langan ish stolida tasvir yaratiladi.
Animatsiyani tahrirlash Yaratilgan “multik” doim ham muallif ko’nglidagidek chiqmasligi mumkin. Uni tahrirlash, tuzatish kiritish talab qilinadi. Filmni yaratishdagi kabi, uni tahrirlashda ham asosan vaqt diagrammasidan foydalaniladi, to’g’rirog’i uning kontekstli menyusidan foydalaniladi. Kontekstli menyuni chaqirish uchun vaqt diagrammasining yacheykalarida joylashgan kerakli freym ustiga sichqoncha ko’rsatkichini olib borib, uning o’ng tugmasi bosiladi. Esga oladigan bo’lsak, kontekstli menyu belgilangan obyekt bilan bog’langan bo’lib, joriy obyektga va holatga nisbtan qo’llaniluvchi buyruqlardan iborat. Vaqt diagrammasidagi har bir freym ko’rinishiga mos holda alohida kontekstli menyu qaraladi. Masalan, kalit freym uchun alohida kontekstli menyu, “oddiy” freym uchun alohida kontekstli menyu, tweened – animatsiya freymlari uchun alohida kontekstli menyu to’g’ri keladi. Agar Flash MX ni o’zlashtirish jarayonining boshlang’ich etaplarida freym tipini aniqlash sizga qiyinchilik tug’dirsa, siz suzib chiquvchi sariq fonda ifodalangan yo’rdamchi ma’lumotdan foydalanishingiz mumkin. U sichqoncha ko’rsatkichini freym ustiga olib borilganda paydo bo’ladi.(4.15.5-rasm)