Rasm. 4.12.11.Pensil uskunasida chizilgan figuralarning Straighten va Smooth rejimlaridagi tasvirlari
Pensil uskunasida absolyut gorizontal yoki vertical to’g’ri chiziq chizish uchun tugmasini bosgan holda chiziq chiziladi. Chiziq yo’nalishini o’zgartirish(masalan gorizontal yo’nalish bo’yicha chizilayotgan chiziqni vertical yo’nalishga burish) uchun tugmasi qo’yib yoboriladi va yana uni qaytadan bosgan holda kerakli yonalish bo’yicha chizish davom ettiriladi.
Chiziq qalinligi, turi va rangi hususiyatlar inspektori oynasidan sozlanadi. (4.12.12-rasm).
Rasm. 4.12.12.Pencil uskunasi hususiyatlari
Brush Tool Ushbu uskunadan mo’yqalam sifatida foydalanish mumkin. Ushbu uskunadan biror sohani bo’yash yoki biror figura chizish uchun foydalanish mumkin. Brush uskunasi yordamida tasvir yaratishda bo’yoq rangi sifatida import qilingan rastrli tasvirdan foydalanish mumkin. Uskunada beshta ishlash rejimi bo’lib, bu rejimlar uning qo’shimcha hususiyatlarini beruvchi Options oynasidan tanlanadi. (4.12.13- rasm):