Rasm. 4.12.4. Rectangle uskunasining qo’shimcha hususiyatlarini
sozlash muloqot oynasi
4.12.3-rasmda keltirilgan hususiyatlar inspektorida nomoyon bo’lgan Rectangle uskunasiparametrlarini aks ettiruvchi oyna bichimi Line va Oval uskunalarida ham shu ko’rinishda bo’ladi. Lekin Line uskunasi tanlanganda hususiyatlar inspektori oynasida bo’yoq rangini tanlash tugmachasi chiqmaydi. Mos ravishda bu uchta uskunadan birortasi uchun tanlangan parametrlar qolgan ikkitasi uchun ham tegishli bo’ladi. Bu uchta uskunada chizilgan figuraning qo’shimcha parametrlarini(o’lchamlarini, joylashuvini) sozlash uchun Arrow uskunasi yordamida chizilgan figurani belgilanadi. Natijada hususiyatlar inspektorida belgilangan ob'yekt parametrlar nomoyon bo’ladi(4.12.5-rasm /a/). Hususiyatlar inspektorida nomoyon bo’lgan belgilangan ob'yekt parametrlari bichimining ushbu obyektni yaratishda qo’llanilgan uskuna parametrlaridan farqi – hususiyatlar inspektori oynasining chap tomonida to’rtta matnli maydonchasi bo’ladi. Bu parametrlar faqatgina belgilangan obyektgagina tegishli, ong tomonda joylashgan parametrlar esa - ham obyektga, ham uskunaga tegishli bo’ladi. (4.12.5-rasm /b/)
Belgilangan figuraning o’zigagina tegishli bo’lgan parametrlar:
Chiziqlar uchun – X va Y matnli maydoniga kiritiluvchi qiymat – chap tomoni(boshlang’ich) kordinatasi, W va H esa mos ravishda chiziqning o’ng tomoni(ohiri) koordinatasi; koordinata o’qi sifatida montaj stolning yuqori chap burchagi boshlang’ch nuqta hisoblanadi va Y pastga qarab, X o’ngga qarab ortib boradi.