Rasm. 4.11.38. Distort tugmasi yordamida markerni siljitish
Envelope tugmasi tanlanganda ob’yektni o’rab turuvchi to'rtburchakda qoshimcha aylana shaklidagi markerlar(nuqtalar) paydo bo’ladi. Paydo bo’lgan har bir marker o’ziga hos tarzda oziga bog’langan ob'yekt bo’lagi shaklini o’zgartirish uchun hizmat qiladi (Rasm 3.39). Paydo bolgan qo’shimcha markerlar asosiy markerlardan o’tuvchi urinmaning uchlari, asosiy marker esa urinish nuqtasi hisoblanadi. Foydalanish jihatidan Envelope tugmasi yordamida ob'yekt shaklini o’zgartirish, Subselection uskunasi yordamida ob'yekt shaklini o’zgartirish bilan deyarli bir hil.
Envelope tugmasi yordamida ob'yekt shaklini o’zgartirish uchun:
Kerakli ob'yekt Free Transform uskunasi yordamida belgilanadi;
Envelope tugmachasi tanlanadi;
Obyektni orab turuvchi tortburchakda joylashgan markerlar ustiga sichqoncha ko’rsatkichini olib borib, ko’rsatkich oq strelka shaklini olgandan so’ng, sichqoncha tugmasini bosgan holda kerakli yo’nalishga siljitiladi.
Rasm. 4.11.39.Obyektni Envelope tugmachasi yordamida shaklini o’zgartirish
Obyektlarni tekislash Ob’yektlarni bitta to’g’ri chiziqqa nisbatan yoki bir-biriga nisbatan joylashnirish, bir-biriga nisbatan yoki stolga nisbatan olchamlarini tenglashtirish, oraliq masofalarini taqsimlash kabi amallarni Align oynasi yordamida amalga oshiriladi. Align oynasini ochish uchun Windowmenyusining Panels bo’limidan Align menyu bandi tanlanadi.
Align oynasi(4.11.40-rasm) belgilangan obyektlarni gorizontal yoki vertikal to’gri chiziq(o’q) bo’yicha tekislash imkoniyatini beradi. Unda joylashgan tugmachalar yordamida belgilangan obyektlarni vertikal yo’nalish bo’yicha montaj stolining o’ng yoki chap tomoniga, yoki stol markaziga, gorizontal yo’nalish bo’ycha montaj stolining yuqori yoki pastki qismiga yoki stol markazga nisbatan tekislash, olchamlar boyicha bir hil xajmga keltirish, oraliq masofalarini teng taqsimlash mumkin .
Rasm. 4.11.40.Align oynasi
Align oynasida beshta bo’lim mavjud : Align, Distribute, Match size, Space,To Stage(4.11.40-rasm). Har bo’limdagi tugmachalar o’ziga hos funktsiyalarni bajarish uchun mo’ljallangan. Ularning vazifasini tyugmachalarda tasvirlangan rasmlardan bilib olish qiyin emas.
Align bo’limida joylashgan tugmachalar ob'yektni obyektga nisbatan va belgilangan obyektlarni stolga nisbatan tekislash uchun xizmat qiladi;
Distribute va Space bo’limlari tugmachalari belgilangan obyektlarni bir-biriga nisbatan va stolga nisbatan joylashuvini taqsimlash uchun hizmat qiladi;
Match Size bo’limi tugmachalari obyektlarni bir-biriga nisbatan va stolga nisbatan o’lchamlarini tekislash uchun xizmat qiladi;
To Stage Montaj stoliga nisbatan tekislashni belgilovchi tugmacha.
Izoh: Bu erda To Stage tugmachasi belgilash maydonchasi vazifasini o’taydi. Agar To Stage tugmachasi tanlangan holatda turgan bo’lsa belgilangan ob’yektlar stolga nisbatan tekislanadi. Agar tanlanmagan holatda turgan bolsa, belgilangan ob’yektlar o’zaro bir-biriga nisbatan tekislanadi.
Rasm. 4.11.41.Ob’yektlarni vertikal va gorizontal yo’nallish bo’yicha stol chegaralariga nisbatan tekislash.