Rasm. 4.12.15. Brush uskunasining qoshimcha parametrlarini tanlash
Eraser Tool Eraser uskunasining vazifasi amalda foydalaniladigan ochirgich bilan deyarli bir hil bo’lib, chiziqlarni va bo’yoqlarni o’chirishda qo’llaniladi. Uskuna tanlanganda uskunalar panelining Options bo’limida ikkita yordamchi tugmacha paydo bo’ladi: Eraser Mode va Faucet.
Faucet tuggmasi ob’yektning sichqoncha ko’rsatkichi joylashgan qismidagi kontur chizig’ini yoki rangini sichqoncha tugmasini bir marta bosish orqali o’chirish uchun qo’llaniladi. Ushbu tugmacha yordamida sichqoncha ko’rsatkichi joylashgan sohadagi o’chirilishi kerak bo’lgan chiziqlarni va nuqtalarni etarlicha aniqlikda o’chirish mumkin.
Eraser uskunasidan foydalanishda beshta rejim qaraladi va bu rejimlar Options bo’limidagi Eraser Mode tugmachasi orqali tanlanadi (4.12.16 – rasm).
Rasm. 4.12.16.Eraser uskunasi rejimlari
Faucet tugmachasi bu beshta rejimga bog’liq bo’lmagan holda ishlaydi. Ushbu rejimlardan foydalanish uchun Eraser Mode tugmachasi bosilganda chiquvchi ro’yhatdan kerakli rejim tanlanadi va Faucet tugmachasi tanlanmagan holatda bo’lishi kerak. Eraser Mode tugmachasi tanlanganda o’chirish sichqoncha tugmasini bosgan holda uni harakatlantirish orqali amalga oshiriladi. Eraser Mode tugmachasi yordamida o’rnatiladigan o’chirish rejimlari va ularning vazifalari:
Erase Normal — rejimida tahrirlanayotgan tasvirning yoki fon sifatida foydalanilayotgan tasvirning ixtiyoriy qismini(kontur chizig’i va rangini) ochirish mumkin;
Erase Lines — rejimida faqat chiziqlarni va ob'yekt konturlarinigina o’chirish mumkin. Tahrirlanayotgan tasvirning bo’yog’i va fon sifatida foydalanilayotga tasvirning bo’yoq sohasi o’zgarishsiz qoladi;
Erase Selected Fills — rejimidan foydalanilganda faqatgina belgilash uskunalari yordamida belgilab olingan sohani o’zini o’chirish mumkin;
Erase Fills — rejimida faqat obyektning bo’yalgan sohasinigina ochirish mumkin, uning kontur chiziqlari esa o’zgarishsiz qoladi;
Erase Inside — rejimida o’chirish amali boshlangan sohaga tegishli bo’lgan chiziq va bo’yoq o’chiriladi, unga tegishli bo’lmagan chiziq va bo’yoq o’chirilmaydi. Agar o’chirish stolning biror bo’sh sohasidan boshlansa, o’chirish amali unda joylashgan boshqa ob’yektlarga ta’sir qilmaydi.