Kompyuter grafikasi va dizayn operatori



Yüklə 1,18 Mb.
səhifə1/7
tarix20.04.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#101173
  1   2   3   4   5   6   7
ыфдщь


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIYVA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


ANDIJON VILOYATI KASBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH VA MUVOFIQLASHTIRISH BOSHQARMASI


QO’RG’ONTEPA TUMAN 1-SON KASB-HUNAR MAKTABI


3.52.01.03 – “KOMPYUTER GRAFIKASI VA DIZAYN OPERATORI“ YO’NALISHI II-BOSQICH 18-HURUH O’QUVCHISI __________________________NING

BITIRUV MALAKAVIY ISHI

Mavzu: ____________________________________

Bajardi: ___________________
Ilmiy rahbar: A. G’ulomov

ANDIJON-2023
Kirish
I bob. Asosiy qisim
1.1 Kameralar va abyektlar haqida boshlang’ich tushuncha
1.2 3ds maxsda yorug’lik bilan ishlash
II bob. Amaliy qisim
2.1 3D Studio MAX dasturi haqida tushuncha
2.2 3ds maxsda kameralar va yorug’lik


XULOSA
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR
Kirish
Yangi XXI - asrda axborot texnologiyalari hayotimizning turli jabhalariga kirib borishi axborotlashgan jamiyatning shakllantirishga zamin yaratib bermoqda. "Internet", "Elektron pochta", "Elektron ta'lim", "Elektron boshqaruv", "Elektron hukumat", "Masofaviy ta'lim", "Ochiq ta'lim", "Axborotlashgan iqtisod" kabi tushunchalar hayotimizga kirib kelishi jamiyatimizning axborotlashishiga intensiv ta'sir ko`rsatmoqda. Axborot – kommunikatsiyalari orqali mamlakatlarning milliy iqtisodi globallashib, axborotlashgan iqtisod shakliga o'tmoqda, ya'ni milliy iqtisoddagi axborot va bilimlarning atilgan axborot va bilimlarning 90 % so'nggi 30 yil mobaynida yaratilgan bo'lib, ular hajmining ko'payib borishi axborot kommunikatsiyalaridan samarali foydalanishni talab etmoqda.
Ko'plab mamlakatlar o'zlarining istiqboldagi rivojlanishini axborot kommunikatsiyalari asosida yo'lga qo'yishni anglab yetishgan. Mustaqil O'zbekiston Respublikamizda ham jamiyatni axborotlashtirish, kompyuter ilmini o’qitishni rivojlantirish bo'yicha Qonunlar qabul qilinib, ular asosida bir qator dastur va tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Axborotlashtirishni yanada rivojlantirish to'g'risida» 2002 - yil 30 - maydagi PF-3080-son Farmoni asosida 2010-yilgacha Axborot kommunikatsiyalarini rivojlantirish bo'yicha milliy dastur ishlab chiqilgan bo'lib, u hozirda butun respublikamiz milliy iqtisodiyotning turli tarmoqlari va sohalarida tatbiq qilinmoqda.
Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya sohasini rivojlantirish-ning asosi hisoblangan dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish milliy iqtisodiyot rivojlanishining muhim sharti sifatida alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Hayotimizning har jabhasida faol qo‘llanilayotgan axborot almashinuv texnologiyalaridan samarali foydalanish ulardagi dasturiy ta’minotlarning o‘ziga xosligi, ommabopligi va innovatsion yangiligiga bog‘liq. “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi, “Telekommuni-katsiyalar to‘g‘risida”gi, “EHM dasturlari va ma’lumotlar bazasini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlar soha rivojida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bugun yurtimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kirib bormagan sohaning o‘zi yo‘q. Bu esa, o‘z navbatida, softver sanoatining izchil rivojlanishiga keng yo‘l ochmoqda. Xususan, hozirgi kunda mamlakatimizda dasturiy mahsulotlarni yaratish, ishlab chiqarish va joriy qilish bilan shug‘ullanuvchi 260 dan ziyod tadbirkorlik sub’ektlari faoliyat yuritmoqda.
Mamlakatimizda dasturiy ta’minot sanoatini shakllantirish va rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar, sohaga daxldor mustahkam qonunchilik bazasini yaratishga e’tibor qaratilmoqda. Hozirgacha 10 dan ziyod qonun, Prezident va Vazirlar Mahka-masining qator farmon hamda qarorlari qabul qilindi.
Dasturchilarni qo‘llab-quvvatlash borasida muntazam chora-tadbirlar amalga oshirilayotir.Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 20 sentyabrida imzolangan
“Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu yo‘ldagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.
Hozirda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari dasturiy mahsulotlarning faol iste’molchisi hisoblanadi. Keyingi vaqtda mamlakatimizda vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, yirik korxonalarning xarajat smetasi va biznes rejalarida ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, axborot tizimlari va resurslarini yaratish, dasturiy mahsulotlar hamda interfaol davlat xizmatlarini joriy etishga qaratilgan xarajatlarni nazarda tutish yuzasidan tegishli ishlar olib borilmoqda
Mazkur hujjat dasturiy ta’minot sanoatini rivojlantirish, davlat organlarida ixtisoslashtirilgan dasturiy mahsulotlardan foydalanishni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, “Elektron hukumat” loyihasini amalga oshirishda mahalliy kompaniyalarning faol ishtirokini rag‘batlantiradi.



Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin