Bu esa o‘zini o‘zi moliyalashtiradigan bir qancha xususiy telekanallar va OAVni
qattiq xavotirga solyapti. Xususan, Kun.uz bog‘langan «Mening Yurtim»
telekanali rasmiysi bu bandlarga qat'iy reaksiya bildirdi.
«Xususiy telekanal bo‘lganimiz sababli barcha yaratilayotgan ko‘rsatuvlar,
dasturlar homiylik to‘lovlari orqali moliyalashtiriladi. Homiylarning bundan
oladigan manfaati esa teledasturlarning anonslarida o‘z reklamalarining chiqishi
hisoblanadi.
Tushunishim bo‘yicha, anons bloklarida homiylik reklamasining chiqishiga taqiq
qo‘yiladigan bo‘lsa, biz barcha homiylarni yo‘qotamiz. Hammasi mablag‘ga borib
taqaladi, bir qancha ijodiy jamoalar faoliyati to‘xtab qolish ehtimoli juda yuqori.
Oddiy qilib aytganda - aslida hech kimga xalaqit bermayotgan 5 sekundlik
anonslar bir qancha production studiyalarining faoliyat olib borishiga zamin
yaratmoqda. Bunda birgina biz emas, har bir telekanal bir yilda kamida bir necha
milliard so‘m zarar ko‘radi. Davlat ham yaxshigina soliq yo‘qotadi.
O‘zi OAVlar pandemiyada yaxshigina zarba yegan soha bo‘lsa, hukumatdan
birorta soliq yoki boshqa turdagi preferensiya mazasini tortmadi, nega ularning
istaklari hisobga olinmasligi kerak? Ularga ham achinasizlarmi yoki «kimlardir»
tuzib bergan loyihani shunchaki o‘tkazib yuborishdan manfaatdormisiz? Ularning
iqtisodiy siyosati haqida ham kimdir o‘ylaydimi o‘zi?» deya fikr bildirdi u.
Dostları ilə paylaş: