Kompyuter injiniringgi


Loyiha har doimgidek manfaatdor qatlam ishtirokisiz tor doirada o‘tib



Yüklə 40,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix07.01.2024
ölçüsü40,57 Kb.
#207444
1   2   3   4   5
1-AMALIY ISH

Loyiha har doimgidek manfaatdor qatlam ishtirokisiz tor doirada o‘tib 
ketmoqda.
Bu yerda tadbirkorning e'tirozlari qanchalik o‘rinli yoki o‘rinsizligi boshqa 
masala, diqqatni tortadigan jihati Oliy Majlisda biror-bir qonun muhokamasi 
ketadigan vaqtda nima sababdan ushbu qonun eng ko‘p ta'sir o‘tkazadigan qatlam 
vakillarining fikri o‘rganilmaydi, ularning yondashuvi inobatga olinmaydi? Bunda 
yaratilayotgan qonun eng ko‘p ta'sir o‘tkazuvchi qatlam vakillarining fikri tinglansa, 
o‘rinli e'tirozlarga muqobil yechim taklif qilinib, keyin yangi qonun loyihasi ishlab 
chiqilsa, sog‘lom aql nuqtayi nazaridan to‘g‘ri bo‘lmaydimi? Bu borada eng avvalo, 
iste'molchilar va tadbirkorlar manfaatlari inobatga olinishi kerak emasmi? 
Dahshatli sanksiyalar
Shuningdek, qonunda
 
reklama faoliyati sub'yektlari hisoblanuvchi yuridik 
shaxslarga nisbatan qo‘llanadigan moliyaviy sanksiya miqdorlari ko‘rsatilgan: 

ishlab chiqarilishi, realizatsiya qilinishi yoki reklama qilish taqiqlangan mahsulotlar 
to‘g‘risida reklama tarqatganlik uchun – bazaviy hisoblash miqdorining yuz 
baravari; 



noto‘g‘ri, axloqsiz, qiyosiy yoki yashirin reklama berganlik, shuningdek, 
aksilreklama berishdan bosh tortganlik uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 
yetmish baravari; 

dori vositalari, biologik faol va oziq-ovqat qo‘shimchalari, shuningdek, bolalar oziq-
ovqat mahsulotlari reklamasi hamda voyaga yetmaganlar bilan bog‘liq reklamaga 
qo‘yilgan talablarni buzganlik uchun – bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz 
baravari. 
Qonun jamiyatni tartibga solishdagi oliy vosita, uni buzgan har qanday fuqaro 
jazolanishi kerak. Ammo shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi: davlatning o‘zi 
tadbirkorning qonuniy manfaatlariga ziyon yetkazsa-chi, unda ko‘rilgan zarar 
qanday kompensatsiya qilinadi? 
Yaqinda
 
poytaxtdagi tashqi reklama biznesi egalarining o‘zlariga mulk 
huquqi bilan tegishli bo‘lgan, bahosi 300 million so‘mgacha turadigan 200dan ortiq 
reklama konstruksiyalari noma'lum sabablarga ko‘ra buzib tashlangandi. Bu tashqi 
reklama obektlarining buzilishi hech qanday asos va sud qarorisiz amalga oshirildi. 
Nima sababdan moliyaviy sanksiyalar faqat bir tomon uchun ishlashi kerak? Nega 
qonunlar o‘zida faqat bir tomon manfaatlarini ifoda qilishi kerak? 

Yüklə 40,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin