Kompyuter injiniringgi



Yüklə 40,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix07.01.2024
ölçüsü40,57 Kb.
#207444
1   2   3   4   5
1-AMALIY ISH

Biznes rivoji uchun g‘ov
Bugungi zamonaviy dunyoda media olami reklama va marketing bilan 
chambarchas bog‘langan va bundan har ikki tomon ham birday manfaatdor. 
Tadbirkorlikni harakatlantiruvchi eng asosiy kuch bu – reklama. Shuningdek, 
deyarli barcha xususiy OAVlar ham aynan reklama hisobidan o‘zini 
moliyalashtiradi. Shu bois, qonunga kiritilayotgan bu normani har ikki tomonga 
nisbatan ham iqtisodiy tajovuz sifatida baholash mumkin. 


Mantiqan o‘ylab qaraydigan bo‘lsak, bundan davlatning o‘zi ham yutqazadi. 
Yangi qonunda belgilangan cheklovlar orqali davlatga OAVdan keladigan soliq 
tushumlari ham o‘z-o‘zidan kamayadi, ya'ni reklama beruvchi tomon ham, 
reklamani qabul qiluvchi OAV ham, tadbirkorlik rivojlanishi va soliq tushumlari 
oshishidan manfaatdor davlat ham bunda yutqazadi. 
Farmkompaniyalar ham xavotirda
Bundan tashqari, qonunda dori vositalari reklamasida quyidagilar taqiqlanmoqda: 

reklama qilinayotgan dori vositasining narxi yoki narx siyosati to‘g‘risida biror-bir 
eslatmadan foydalanish yoki ushbu dori vositasining qulay narxda ekanligi 
to‘g‘risida taassurot qoldirish; 

taniqli shaxslar, tibbiyot xodimlari yoki tashqi ko‘rinishi shifokorlarning tashqi 
qiyofasiga o‘xshash shaxslar ishtirokidan foydalanish; 

jamoatchilikning dori vositasining ta'siri haqidagi minnatdorchilik, tavsiyalar va 
e'tiroflaridan foydalanish; 

kasallik (jarohat) va (yoki) dori vositalarining inson tanasiga ta'sirida yuz 
beradigan o‘zgarishlar to‘g‘risidagi videotasma, tasvirlar va vizual namoyishlardan 
foydalanish; 

ulardan foydalanish yoki iste'mol qilish jarayonlarini tasvirlash. 
Kun.uz muxbiri bilan gaplashgan, farmatsevtika sohasida bir necha yillardan beri 
faoliyat olib borayotgan tadbirkor bu bandlarni quyidagicha izohlamoqda: 
«Ko‘plab ijtimoiy tarmoqlarda dori vositlarini reklama qilishda taniqli shaxslar, 
tibbiyot xodimlari yoki tashqi ko‘rinishi shifokorlarning tashqi qiyofasiga o‘xshash 
shaxslar ishtirokidan foydalanish taqiqlanayotgani haqidagi xabarlarni o‘qidim. 
Bu xuddiki Adidas yoki Nike sport mahsulotlarini reklama qilishda 
sportchilar yoki sportga ixtisoslashgan tashkilotlarga cheklov qo‘yganga o‘xshaydi. 


Eng qiziq tomoni, biz yangi mahsulot ishlab chiqardik va bu kimlargadir foyda berdi, 
yaxshi samara ko‘rsatdi. Endilikda o‘sha insonlar bildirayotgan fikrlardan ham 
foydalanishga cheklovlar o‘rnatilar ekan. Yoki dori vositasining inson tanasiga 
ta'siri, undan foydalanish ko‘nikmalari haqida qisqa videolavha tayyorlashning 
nimasi noto‘g‘ri? Ko‘pchilik insonlar dori vositasi haqidagi yo‘riqnomani o‘qib 
ko‘rishmaydi, uning ba'zi nojo‘ya ta'siri va qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlari 
bo‘lishi mumkin. Qisqa 1-2 daqiqalik videolavha orqali buni tushuntirib bersak, 
iste'molchilar uchun ham foydaliroq bo‘ladi-ku? Bunda eskicha konservativ usullar 
o‘rniga, yangicha yondashuvlardan foydalanishning nimasi yomon?» deya ta'kidladi 
tadbirkor. 

Yüklə 40,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin