«Siemens», «LG», «Phillips» kompaniyalari bugungi kunda dunyoda avtomatik tarjimaga oid
izlanishlarni mablag’ bilan taminlab turadi.
Avtomatik tarjima bo’yicha dunyodagi eng yirik loyiha 1991 yilda AQShda NASA mutaxasislari tomonidan yaratilgan: DIANA. Uning hajmi 10 million ta so’zni tashkil etadi. U
dunyoning 6 ta yirik tiliga asoslanadi: ingliz, rus, frantsuz, nemis, arab, ispan. Rus olimlari ham professor Lyakunov raxbarligida «Vista Tehnoloji» kompaniyasi «Retrans Vista» loyihasini ishlab chiqdi. Uning tarkibiga kiruvchi 3 mln. 400 mingta so’z
xotiraga kiritildi. Shunda 1mln. 800mingtasi ruscha-inglizcha, 1mln 600mingtasi inglizcha-ruscha
so’zdan iborat.
Bugungi kunda avtomatik tarjimani quyidagi sistemalari mavjud. 40 mln.ta so’z xotira
kuchiga ega EVROTRA sitemasi – Evropa olimlari tomonidan ishlab chiqilgan. U barcha Evropa
tillari bo’yicha avtomatik tarjimani amalga oshira oladi. Sokrat sistemasi 40 mln. ta so’z xotira
kuchiga ega. Dunyodagi 40 ta tilda avtomatik tarjimani amalga oshiradi. Yani qaysi tilda
O’indoo’s operatsion versiyasi mavjud bo’lsa, shu tilda avtomatik tarjimani amalga oshira oladi. Lingvo sistemasi (lingvo kompyuter lug’ati) – bu lug’atga ham dunyoning 40 tilidagi malumotlari
jamlangan. Avtomatik tarjimani kamchiliklari:
1. So’zlar avtomatik tarjima jarayonida to’g’ridan-to’g’ri tarjima qilinadi. Shuning uchun
tarjimada grammatik qoidalarga deyarli rioya qilinmagan holda amalga oshiriladi
2. Avtomatik tarjima qilingan matnni uslub jihatdan tahrirlab chiqish zarur bo’ladi. 3. Hozirgi mavjud avtomatik tarjima qiluvchi sistemalar so’zlar birikuvini ham deyarli
noto’g’ri tarjima qiladi. Bugungi kunda dunyo olimlari tomonidan mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish yo’lida
maxsus jurnal nashr qilinmoqda. Quyida avtomatik tarjima uchun mo’ljallangan dastur uchun malumotlar bazasini yaratish
namunasini keltirmoqchimiz. Namuna o’zbek tilidagi harakat fe’llari misolida keltirildi.