Kompyuter lingvistikasi



Yüklə 349,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/32
tarix06.05.2023
ölçüsü349,08 Kb.
#108533
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
kompyuter lingvistikasi 2019

Adabiyotlar: 
1. Shemakin Yu.Đ. Nachalo kompyuternoy lingvistiki. –M.:Vısshaya shkola, 1992. 
2. Nelyubin L.L. Kompyuternaya lingvistika i mashinnıy perevod.-M.: VTsP, 1991. 
3.Pulatov A.K. Tekstı lektsiy po matematicheskoy i kompyuternoy lingvistike (elektronnıy 
variant). 
4.Abdurahmonov X., Rafiev A.,Shodmonqulova D. o’zbek tilining amaliy grammatikasi. –
Toshkent: o’qituvchi, 1992. 
5.Nurmonov A., Yo’ldoshev B. Tilshunoslik va tabiiy fanlar. –Toshkent: o’qituvchi, 2001. 
6.Muhamedova S. Harakat fe’llari asosida kompyuter dasturlari uchun lingvistik tamin 
yaratish.-Toshkent, 2006. 
7. Po’latov A., Mo’minova T., Po’latova Đ. Dunyoviy o’zbek tili.-Toshkent, 200. 
5-maruza mavzusi: Kompyuter lingvistikasi fani, tarixi va zamonaviy holati. 
Kompyuter lingvistikasiga oid tadqiqotlar. 
 
 
 
6-MA’RUZA
KOMPYUTER LINGVISTIKASINING ASOSIY YO’NALISHLARI. AVTOMATIK 
TARJIMA. 
 
Reja:
6.1. Avtomatik tarjima yo’nalishining tarixi. Tarjimon dasturlar. 
6.2. Avtomatik tarjima yo’nalishining zamonaviy holati va istiqboli. 
6.3. Malumotlar bazasini yaratish. 
6.4. Til o’rgatish jarayonini avtomatlashtirish. 
6.5. O’qituvchi avtomatlar – o’quv dasturlarini yaratish. 
6.6. Bilimlarni baholash dasturlarini tuzish. 
6.7. Malumotlar bazasini yaratish 
Tayanch tushunchalar: Avtomatik tarjima. Tarjimon dasturlar. Avtomatik tarjima 
yo’nalishining zamonaviy holati va istiqboli. Malumotlar bazasini yaratish (o’zbek tilidagi harakat 
fe’llari misolida). 
Avtomatik tarjima bo’yicha dastlabki g’oyalar ingliz olimi Charlz Bebbidj tomonidan 1836-
1848 yillarda ilgari surilgan. Uning fikricha, mexanik-elektron mashinalar kodlashtirilgan avtomatik 


27 
tarjimani amalga oshirishi mumkin bo’ladi. Uning loyihasi bo’yicha 50ming ta so’z xotira kuchiga 
ega bo’lgan elektron mashinalar 100000 ta so’zni avtomatik ravishda tarjima qilishi zarur bo’ladi. 
Bebbidjing g’oyalari oradan 100 yil o’tgachgina amalga oshdi. 
1954-yilda AQShdagi Jorj Daun Universitetida dunyoda birinchi marta avtomatik tarjima 
bayiyaa tajriba bo’ldi. Bu tajribalar IBM-701 kompyuterida o’tkazildi. Bu tajribaning bazasi 
algoritmlardan iborat bo’lib 50000 ta so’zni rus tilidan ingliz tiliga tarjima qildi. 
1960-yilda sobiq SSSR fanlar Akademiyasining avtomatik tarjimaga bag’ishlangan maxsus 
yig’ilishi bo’lib o’tdi. Bu yig’ilishda avtomatik tarjima bo’yicha professor A.Belonogov 
rahbarligida maxsus laborotoriya tashkil qilindi. 
Qozog’istonda professor A. Bektaev raxbarligida maxsus ishchi guruh tuzilib, «Abay yo’li» 
romanini lingvostatistikasi hisoblab chiqildi.
1966-yilda AQShning fan masalalari bo’yicha kongress qo’mitasida avtomatik tarjimaga oid 
maruza muhokamasi bo’lib o’tdi. U avtomatik tarjima bo’yicha salbiy manodagi maruza edi. 
Shundan keyin jahon miqyosida avtomatik tarjimaga oid tadqiqotlarni moliyalashtirish keskin 
kamayib ketdi. Ular faqatgina Yaponiyada davlat tomonidan moliyalashtiriladi.Qolgan davlatlarda 
avtomatik tarjimaga oid loyihalar xususiy yirik kompaniyalar hisoblanagan «Generel Motors», 

Yüklə 349,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin