Kompyuter lingvistikasi



Yüklə 349,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/32
tarix06.05.2023
ölçüsü349,08 Kb.
#108533
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
kompyuter lingvistikasi 2019

 
Adabiyotlar: 
1. Shemakin Yu.Đ. Nachalo kompyuternoy lingvistiki. –M.:Vısshaya shkola, 1992. 
2. Nelyubin L.L. Kompyuternaya lingvistika i mashinnıy perevod.-M.: VTsP, 1991. 
3. Pulatov A.K. Tekstı lektsiy po matematicheskoy i kompyuternoy lingvistike (elektronnıy 
variant). 
4. Abdurahmonov X., Rafiev A.,Shodmonqulova D. o’zbek tilining amaliy grammatikasi. –
Toshkent: o’qituvchi, 1992. 
5. Nurmonov A., Yo’ldoshev B. Tilshunoslik va tabiiy fanlar. –Toshkent: o’qituvchi, 2001. 
6.Muhamedova S. Harakat fe’llari asosida kompyuter dasturlari uchun lingvistik tamin 
yaratish.-Toshkent, 2006. 
6-MA’RUZA
KOMPYUTER ANALIZI VA INGLIZ TILIDAGI GAPLARNI O’ZBEK TILIGA 
TARJIMA QILISH ALGORITMI. 
Reja
6.1. Dastur algoritmi. 
6.2. Dasturning ishlash tamoyili.
6.3. O’zbek tilining axborot – kompyuter uslubini yaratish. 
6.4. Tilning axborot uslubi nazariyasi. 
6.5. O’zbek tilining axborot – kompyuter uslubini yaratish mezonlari. 
6.6. Axborot – kompyuter uslubida sinonimlar, frazeologizmlar va polisemantik so’zlarning 
mavqei. 
Tayanch tushunchalar:  Dastur algoritmi. Muayyan ketma-ketliklar. Dasturning ishlash 
tamoyili.


30 
Đngliz tilidagi matnlarni o’zbek tiliga va aksincha, o’zbek tilidagi matnlarni ingliz tiliga 
o’girishning ommaviy kompyuter metodlarini qo’llash, tillarga kompyuter yordamida o’qitish, 
bilimlarni baholash, matnlarni tahrirlash eng dolzarb muammolar hisoblanadi. 
Đnglizcha-o’zbekcha va o’zbekcha-inglizcha kompyuter tarjimasi dasturlari ham juda katta 
ahamiyatga ega. Malumki, ingliz va o’zbek tillari leksik-grammatik xususiyatlariga ko’ra bir-
biridan tubdan farq qiladi. Shuning uchun ingliz tilidan o’zbekchaga va o’zbekchadan inglizchaga 
kompyuter tarjimasini yaratish o’ziga xos qiyinchliklarni keltirib chiqaradi. Bugungi kunda rus tili 
vositasida ingliz tilidan o’zbek tiliga avtomatik tarjima qiluvchi dasturlarning versiyalari elon 
qilingan. 
Ammo biz taklif qilayotgan ingliz tilidan o’zbek tiliga kompyuterda tarjima qilish dasturi 
vositachi tilsiz amalga oshiriladi. Takidlash lozimki, mazkur ish gaplarning sintaktik analiz qilish 
algoritmlari va formal modellari bazasi asosida amalga oshiriladi. 
Đngliz tilidan o’zbek tiliga kompyuterda tarjima qilish algoritmi 
Algoritm quyidagi vazifalarni hal qilish uchun mo’ljallangan: 
I.I. Analiz-bunda ingliz tilidagi gap quyidagi soddalashtirilgan model ramkasida sintaktik 
tahlil qilinadi. 
1.1.
Ushbu model faqat sodda gaplarni qamrab oladi. 
2.
Gapning har bir bo’lagi bitta so’zdan iborat bo’ladi. 
3.
Gaplarda aniqlovchilar bo’lmaydi. 
4.
Gaplarning standart tiplari ko’rib chiqiladi (darak gap (ega Q kesimQ to’ldiruvchi Q 
hol), so’roq, inkor va so’roq-inkor gaplar). 
5.
Felning quyidagi tuslanishli shakllarni qamrab oluvchi kesimli gaplar ko’rib 
chiqiladi: 
a) shaxs (I, II, III shaxs); 
b) son (birlik va ko’plik); 
v) zamon (o’tgan, hozirgi, kelasi); 
g) harakat tipiga ko’ra (Simple) 
d) maylga ko’ra (in) 
e) nisbatga ko’ra (Active) 
II.
Tarjimada gaplar ingliz tilidan o’zbek tiliga o’giriladi. 
Algoritm quyidagi etaplardan tashkil topadi: 
1)
gap kiritiladi; 
2)
gapning har bir so’zi 
i
α
massivining elementlariga qo’shiladi; 
3)
i
α
massivining elementlari yordamida lug’at elementlari bilan taqqoslanadi, bu 
lug’atda olmosh, ko’makchilar, ko’makchi va modal fe’llar, artikllar va noto’g’ri fe’llar ro’yxati 
mavjud bo’ladi; 
4)
agar so’zlar yordamchi lug’atda topilmasa, unda taqqoslash maxsus lug’at yordamida 
davom ettiriladi; 
5)
topilgan so’zlar yordamchi lug’atga beriladi, bu erda so’zga ushbu so’zni va uning 
tarjimasini saqlovchi kod beriladi; 
6)
bunday so’z lug’atlarda mavjud bo’lmasa, so’z shakl yasovchi affikslardan ajratib 
olinadi va 5-ish bajariladi; 
7)
agar so’zlar yordamchi va maxsus lug’atlardan topilmasa, ushbu so’zning yo’qligi 
haqida malumot kiritiladi; 


31 
8)
gap 2 guruhga bo’linadi: kesimgacha bo’lgan so’zlar ega guruhiga kiradi (ega 
guruhiga ega); 
9)
kesimdan boshlanib gapning oxirgacha bo’lgan so’zlar kesim guruhi hisoblanadi 
(kesim guruhga: kesim, to’ldiruvchi, hol); 
10)
kesim guruhidan kesim ajratib olinadi; 
11)
so’ngra to’ldiruvchi ajratiladi; 
12)
gapning qolgan qismi hol hisoblanadi; 
13)
gapning har bir bo’lagi shakl yasovchi qo’shimchalarsiz arjima qilinadi; 
14)
tarjima qilingan gap bo’laklaridan o’zbek tilidagi gap tuziladi, u albatta ingliz tilidagi 
gap konstruktsiyasiga mutanosib bo’ladi; 
15)
o’zbek tilidagi so’zlarga ingliz tilidagi so’zlarga mutanosib ravishda affiks va 
ko’shimchalar qo’yib chiqiladi; 
16)
tarjima chiqarib beriladi («tarjima» rejimida); 
17)
analiz chiqarib berilad («analiz» rejimida). 

Yüklə 349,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin