Kompyuter lingvistikasi


«Malumotlar bazasi» ga kiritiladigan axborotlar (lingvistik tamin)



Yüklə 349,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/32
tarix06.05.2023
ölçüsü349,08 Kb.
#108533
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
kompyuter lingvistikasi 2019

«Malumotlar bazasi» ga kiritiladigan axborotlar (lingvistik tamin) 
 
Mazkur bo’limda harakat fe’llarining semantikasi va valentligini tekshirish asosida kompyuter 
dasturlari uchun lingvistik tamin yaratish namunasini keltirdik. Takidlash zarur, bu yûl faqat ûzbek 
kompyuter lingvistikasiga xos yûldir. Jahonda bunday usulda tadqiqot olib borilmagan (fikrimiz 
isbotini internetdan tekshirish mumkin). Lingvistik tamin yaratishda harakat fe’llarining oldindan 
amalga oshirilgan semantik tasnifidan foydalanamiz. Shu o’rinda ushbu semantik tasnifga qisqacha 
izoh berib o’tamiz. o’zbek tilidagi faol harakat semali fe’llar obektiv asosiga ko’ra tabiat va 
jamiyatdagi, hayvonot olamidagi harakatlar-jarayonlarni o’z ichiga oladi. Yani, harakat fe’llari 


28 
moddiy asosiga (obektiga) ko’ra kengligi va murakkabligi, serqirraligi va materiyaga xos turlicha 
harakatlarni ifodalashi, doimiyligi bilan boshqa semantik maydonga kiruvchi fe’l leksemalardan 
ajralib turadi. Harakatning realligi, obektivligi, uning muayyan jonli mavjudot tomonidan amalga 
oshirilishi, unda «moddiylashishi» bilan bog’liq ekan, demak, mantiqiy subektning mavjudligi 
uning mutlaq harakati bilan ham o’lchanadi. Aniqrog’i, harakat materiyaning yashash shakli 
hisoblanadi. 
Obektiv borliqdagi kauzallanuvchi narsa-predmetlarga, shaxs hamda hayvonlarga xos turlicha 
faol harakatlarni ifodalovchi fe’llar nutqda juda ko’p ishlatilishi va murakkab semantik tuzilishi 
bilan farqlanib turadi. Harakat fe’llari sememasining mushtarak semasi «faol harakat» bo’lib, u
fe’llarni bir makrosistemaga (semantik maydonga) birlashtirib turadi. Yani mushtarak sema 
xarakteridagi «faol harakat» semasi asosida fe’llarning semantik maydoni yuzaga keladi.
1
Semantik tasnifda harakat fe’llari sememasidagi faqat atash (denotativ)semalar aniqlanadi. 
Fel-semema tarkibidagi ifoda (konnotativ) va boshqa semalarni tekshirish alohida yirik 
tadqiqotlarni talab qiladi, fe’llar asosida yaratiladigan kompyuter dasturlari uchun lingvistik tamin 
ishlab chiqishda hozircha ularning ko’chma manolari hisobga olinmaydi.
LSGlarda «dinamik (faol) harakat» mushtarak sema, «gorizontal», «vertikal», «aylanma», 
«tebranma», «predmetning tik holatdan boshqa (yotiq) holatga o’tishini bildiruvchi», «nafas va 
tovush chiqarish harakatini ifodalovchi», «natijali ijro», «natijasi mavhum ijro», «og’iz 
bo’shlig’idagi harakatlar» kabi semalar esa birlashtiruvchi sema hisoblanadi. o’zbek tilidagi 
harakat fe’llarida namoyon bo’luvchi mantiqiy subekt harakati yuqoridagi ko’rinishlarda sodir 
bo’ladi. Demak, obektiv borliqdagi turlicha harakatlarni aks ettiruvchi fe’llar semantikasining 
murakkab xarakteri mantiqiy ravishda harakat fe’llarining qayd etilgan 9 ko’rinishdan iborat 
semantik guruhlanishga olib keldi. 
O’zbek tilidagi harakat semali fe’llar asosidagi mazkur malumotlar bazasi lingvistik 
kompyuter dasturlari (tarjima, tahrir va h.k.) uchun mo’ljallangan. Malumotlar bazasi asosida 
yaratilgan dasturdan, shuningdek: 
a) o’zbek, ingliz tilidagi harakat semali fe’llarning tuslanishini o’rganmoqchi bo’lgan ixtiyoriy 
inson;
b) o’zbek, rus, ingliz tillari bo’yicha tilshunos mutaxassis; 
v) lingvistika sohasidagi kompyuter dasturchilari foydalanishlari mumkin. 
Lingvistik taminga izoh beramiz. 1-jadvalda berilgan axborot bankida o’zbek, rus va ingliz 
tillaridagi harakat semali fe’llarning lug’at vokabulasidagi shakllari keltirilgan. Malumotlar bazasini 
yaratishda rus tilidan foydalanishimizga quyidagilar sabab bo’ldi: 
a) o’zbek va ingliz tillarini bog’lashda rus tili asosiy vosita hisoblanadi. Negaki hozircha 
mukammal darajadagi o’zbekcha-inglizcha lug’atlar yaratilmagan. Shunga kûra dastlab tarjimada 
o’zbekcha-ruscha, so’ngra ruscha-inglizcha lug’atlardan foydalandik
2

b) rus tilining ham dunyoviy tillardan biri sifatida yaxshi bilish dolzarb masala bo’lganligi 
tufayli o’zbek tilidagi harakat semali fe’llarining rus tilidagi muqobillarini tekshirish qiziqarli 
nazariy va amaliy natijalarni berishi mumkinligi hisobga olindi. 
1-jadval, asosan, fe’l semantikasi asosida tuzildi. Demak, lingvistik tamin yaratishda
semantik guruhlanish muhim ahamiyat kasb etadi. Jadval uchun fe’l-sememalarning semantik 
tasnifi asos hisoblanadi (fe’llarning har bir semantik guruhi qora chiziq bilan ajratib ko’rsatilgan). 
Takidlash zarurki, jadvaldagi fe’llar tarjimasidan kelib chiqqan holda: «rus va ingliz tilidagi fe’l-
sememalarni ham xuddi shu tarzda semantik tasnif qilish mumkin»,-deb xulosa qilish maqsadga 
muvofiq emas (biz bunday davodan yiroqmiz), faqat tarjimada keltirilgan fe’llarning mano-
mohiyati ayni fe’llarning o’zbekchasiga to’liq mos keladi, xolos. 2-jadvalda o’zbek tilidagi 
1
Áó ùà=äà =àðàíã: Кузнецов А.М. О применении метода компонентного анализа в лексике. –С.260.; Цветков 

Yüklə 349,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin