Kompyuter leksikograftyasi (elektron lug‘atlar tuzish) - muayyan til leksikonida- gi so‘zlarning ma’lumotlar bazasi va maxsus programmalashtirish tillari yordamida ishlash tizimiga ega bo‘lgan dasturlar (kompyuter lug‘atlari) yaratish bilan shug‘ullanuvchi soha. Kompyuter leksikografiyasi bugungi kunda turli qo‘shimcha imkoniyatlar asosida rivojlanib bormoqda. Xususan, dastlab kompyuter lug‘atlari bir tilli, ikki tilli bo‘lgan, hozirda ko‘p tilli (uch, to‘rt, olti, o‘n tilli) elektron lug‘atlar yaratilmoqda. Shuningdek, keyingi paytlarda muayyan sohalarga ixtisoslashgan elektron lug‘atlar ham yaratilmoqda. Ya’ni dastlab kompyuter lug‘atlari faqat umumiy leksikon bilangina cheklangan edi, hozirda fanga oid bo‘lgan, qurilish, aviatsiya, avtomobilsozlik, harbiy, diniy, yuridik sohalarga oid so‘zlar bazasi ham e’tiborga olinmoqda. Hatto so‘zlarning matnda qo‘llanilish imkoniyatlari, distributiv holatlari, birikma holidagi ko‘rinishlari ham nazarda tutilgan holda lug‘atlar yaratilmoqda.
Chastotali lug‘atlar- matnda so‘zlarning ishlatilish chastotasi (qay darajada ishlatilishi, tez-tez ishlatilishi)dan kelib chiqqan holda tayyorlanadigan so‘zliklar. Chastotali lug‘atlar statistik leksikografiyaning rivoji natijasida yuzaga kelgan. Bunday lug‘atlar, ayniqsa, til o‘qitish jarayonida leksik minimumlarni aniqlashda muhim ahamiyatga ega. So‘zlarning chastotasini aniqlash linvostatistik tahlillar yordamida amalga oshiriladi. Chastotali lug‘atlar kompyuterning lingvistik informatsion bazasi hisoblanadi.
Keyslar
Keys 1. Kitobiy lug‘atlarni elektron lug‘atlarga aylantirish ustida ish boshlandi. Jamoa ishni nimadan boshlash kerakligi to‘g‘risida o‘ylanib qoldi.
Keysni bajarish bosqchilari va topshiriqlar: 1. Elektron lug‘atlar yaratish yo‘llari va dasturlarini toping. (guruhlarda)
2. Elektron lug‘atlarning ishlash algaritmini tuzing. (individual holda)
Nazorat savollari:
Tezaurus lug‘at deganda qanday lug‘at tushuniladi?
Kompyuter leksikografiyasining rivojlanish tendensiyasi haqida yo-zing.
O‘quv kompyuter lug‘atlari haqida gapiring.
Kitobiy va elektron lug‘atlar orasidagi mushtarak nuqtalar qaysilar?
5. Kitobiy va elektron lug‘atlar orasidagi farqli jihatlar qaysilar?