Kompyuter lingvistikasi



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə31/105
tarix18.12.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#76163
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   105
Kompyuter lingvistikasi (1)

Lemmatizatsiya - so‘zning dastlabki, boshlang‘ich formasini (lug‘atdagi shak- lini - lemmasini) tashkillashtirish texnikasi bo‘lib, bu jarayon o‘sha so‘zning boshqa so‘z-shakllaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Lemmatizatsiya mor­fologik tahlil metodi tarkibiga kiradi, u ikki bosqichni o‘z ichiga oladi: 1) dekla­rativ bosqich - bunda muayyan so‘zning mumkin bo‘lgan barcha shakllari (so‘z- shakllar) belgilanadi; 2) protsedura bosqichi - bunda so‘z asos va qo‘shimchalarga, ya’ni leksemalarga yoki morfemalarga bo‘linadi. Lemmatizatsiya so‘zlarning gram­matik valentligi, qaysi affikslar bilan birika olish imkoniyatini ham belgilab bera­di. Masalan, o‘zbek tilida so‘zlarning lug‘atdagi shakli - lemmasi quyidagicha:

  • ot so‘z turkumi uchun - bosh kelishik, birlik shakli;

  • fe’l so‘z turkumi uchun - harakat nomi shakli;

  • sifat so‘z turkumi uchun - oddiy daraja shakli

Daftarlarni, daftarlarga, daftarlarning, daftarlardan, daftarlarda ! daftar
Yugurdi, yugurgan, yuguryapti, yugurmoqchi ! yugurmoq
Ko‘kimtir, ko‘kish, ko‘kroq ! ko‘k
Keyslar
Keys 1. So‘zlarning morfologik analizi uchun tildagi prefiks va suffikslar bazasi hamda so‘zlarning grammatik shakllarda o‘zgarishi (qan­day qo‘shimchalarni qabul qilishi)ni ko‘rsatuvchi lingvistik ta’min yaratilishi lozim. Bunday baza avtomatik tarjima tizimi yaratilgan rus, ingliz, fransuz tillarida yaratilgan. Ma’ruzada misollar keltirilgan. O‘zbek tilining shunga o‘xshash bazasini tuzish maqsadi paydo bo‘ldi.
Keysni bajarish bosqchilari va topshiriqlar:
1. O‘zbek tilining analiz qiluvchi bazasini tuzishga harakat qiling. (guruhlarda)
2. Sintez jarayonini aniqlang. (guruhlarda)


Nazorat savollari:

  1. Morfologik analiz va sintez qanday protseduralarni o‘z ichiga oladi?

  2. Sintaktik analiz va sintezning mohiyati nimadan iborat?

  3. Ingliz tilida gaplarning dastur orqali tarjimasi sifati qanday boiadi?

  4. Algoritmni hayotiy misollar bilan tushuntiring.

  5. Tarjima algoritmi nima?

Test savollari


1.Matnning eng kichik birligi nima?
A) gap b)so‘z C) fonema d) morfema

2. So‘zlarning morfologik analizi uchun maxsus baza qaysi tillarda yaratilgan?


A) rus, ingliz, fransuz B) ingliz, rus, ispan C) rus, lotin, arab D) ingliz, rus

3.”simvol” so‘zining ma’nosi nima? A) kod B) kodlash C) ot D) belgi


4.So‘zlarning qaysi turkumga mansubligini qanday lug‘at orqali aniqlanadi?


A) imlo B) Tarjima C) chappa (ters) D) chastotali

5.Matnning avtomatik sintaktik analizi qaysi davrda o‘rganilgan?


A) XX asrning 50-yillari B) XX asr boshlari C) XX asr 90-yillari D) XXI asr boshlari

6.Quyidagilardan qaysi biri tarjima dasturlariga kiradi?


A) socrat B) prompi C) magic goody D) barchasi

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin