Kompyuter lingvistikasi


KOMPYUTER LINGVODIDAKTIKASI



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə36/105
tarix18.12.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#76163
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   105
Kompyuter lingvistikasi (1)

KOMPYUTER LINGVODIDAKTIKASI
Reja:

  1. Kompyuter lingvodidaktikasi va ta’lim jarayonida kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati.

  2. Tjl o‘rgatishda avtomatlashtirish.

  3. Til o‘rgatuvchi o‘quv dasturlari va ulardan foydalanish.


Tayanch so‘z va iboralar: til oqitishni avtomatlashtirish, оquv dasturlari, «elektron»oqituvchi, multimedia, virtualkutubxona, CALL, avtomatizatsiya, bixevioristik yondashuv, kognitiv-intellektual yondashuv, avtomatik korrektorlar, speller, audio va visual ejjektlar, interaktiv multimedia texnologiyasi, virtual ensiklopediya.

XX asr tarixga ilm-fan inqilobi davri, kompyutcr, avtomatizatsiya asri sifatida kirdi. Bu davrda insoniyat o‘zining og‘ir mehnatini o‘z aqli bilan osonlashtirishga erishdi. Ya’ni ishlab chiqarish jarayonida foydali ish koeffitsiyenti bir necha barobarga oshdi, mehnat unumdorligi o‘sdi. Insoniyat yirik zavod, fabrikalarni, korxonalarni avtomatlashtirishga erishdi. Bunda ilgari manufaktura (qo‘l mehnati)ga asoslangan ishlab chiqarish tizimidan avtomatlashgan, kompyuterlashtirilgan tizimga o‘tildi. Hozirgi kunda av­tomatizatsiya faqatgina ishlab chiqansh emas, balki jamiyatning deyarli barcha sohalariga kirib kelmoqda. Xususan, ta’lim jarayonida bilimlarni diagnostika qilishning, xorijiy tillarni o‘rgatishning ham samarali avtomatik tizimi ishlab chiqilgan.


«Avtomatizatsiya» so‘zi lotincha «o‘zi harakatlanadi» degan ma’noni bildiradi. So‘zning ma’nosidan anglashilib turibdiki, tizim mustaqil harakatlanishga asoslangan, turli operatsiyalar bajarishga yo‘naltirilgan va shu tamoyilda ishlashiga moslab programmalashtirilgan mexanizmlar yig‘indisidir. Hammaga ma’lumki, yirik korporatsiyalarda, aytaylik, avtomobil ishlab chiqaruvchi zavodlarda avtomatizatsiya tizimi keng yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu tizim optimalligi uchun jamiyatning boshqa sohalariga ham asta-sekinlik bilan tatbiq etilmoqda. Hozirda til o‘rgatishning avtomatik tizimlari ishlab chiqilgan. Til o‘rgatishning avtomatlashganligi shu bi­lan izohlanadiki, u maxsus o‘quv dasturlari yordamida amalga oshiriladi.
Til o‘rgatishda kompyuterdan foydalanish bo‘yicha dastlabki tajribalar XX asrning 60-yillarida Stenford (Russian-Program) va Nyu-York univer-sitetlarida (Das Deutche Program) o‘tkazildi. XX asrning 70 - 80-yillarida til o‘qitishda kompyuterdan foydalanishga bo‘lgan qiziqish kuchaydi va hatto alohida yo‘nalishning yuzaga kelishiga olib keldi: Computer Assisted Lan­guage Learning (CALL). 77 CALL bo‘yicha 1-xalqaro konferensiya 1985-yil 12 - 13-noyabrda Budapesht shahrida o‘tkazildi. 2-xalqaro konferensiya 1989-yil 15-17-noyabrda bo‘lib o‘tdi. Mazkur konferensiyalarda komp-yuter yordamida xorijiy tillarni o‘rgatishning yangi metodlari taklif etildi, o‘qituvchi lingvistik avtomatlar xususida qimmatli mulohazalar o‘rtaga tashlandi, o‘qitishda audio va video vositalardan foydalanish samarali ekan-ligi ta’kidlandi.
Kompyuter texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanishi ta’lim jarayonini yangi bosqichga ko‘tardi, bu o‘z o‘rnida ta’lim mazmunini, metod va shakllarini qayta ko‘rib chiqish, uni yangi bilim hamda ko‘nikmalar bilan yanada boyitish zaruriyatini tug‘dirdi. Hozirgi vaqtda oliy ta’lim muassasalarida yangi pedagogik texnologiyalarning ilmiy asoslarini yaratish, ularni tasniflash, metodik ahamiyatini belgilash, ta’lim jarayoniga tatbiq etish kabi dolzarb muammolar ustida ish olib borilmoqda. Ilg‘or pedagogik texnologi­yalarning kompyuter texnologiyalari bilan uyg‘unlashtirib tashkil etilishi va shu asosda multimedia darslarining yaratilishi asosiy yo‘nalishga ay-lanib qolmoqda. Multimedia («ko‘p muhitlik» degan ma’noni bildiradi) za-monaviy kompyuterlarning deyarli barchasida mavjud bo‘lgan imkoniyat-lar majmuini, kompleks tushunchani anglatadi. Multimedia axborotning turli ko‘rinishlari - matn, jadval, grafika, ovoz, animatsiya (multiplikatsiya), videotasvir, musiqa yordamida axborotni yig‘ish, saqlash va qayta uzatishvazifalarini bajaradi. Multimedia «inson-kompyuter» interaktiv (dialogik) muloqotningyangi, takomillashgan pog‘onasi bo‘lib, bunda foydalanuvchi juda keng va har tomonlama axborot oladi. Bir qator olimlar, metodistlar tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, ta’lim oluvchi birinchi marta eshitgan mavzusining faqat to‘rtdan bir qismini, ko‘rgan materialining uchdan bir qisminigina eslab qoladi; ham ko‘rib, ham eshitsa, axborotning ellik foizini esda saqlaydi. Interaktiv multimedia texnologiyalaridan foydalanilganda esa bu ko‘rsatkich yetmish besh foizni tashkil etadi. Shu bois ta’lim jarayonida kompyuter texnologiyalaridan unumli foydalanish katta ahamiyatga ega. O‘qituvchi lingvistik avtomatlardan foydalanishda 2 xil yondashuv mavjud:

  • bixevioristik yondashuv - mavjud an’anaviy o‘qitish tizimining bar-cha jabhalarini e’tiborga oluvchi o‘qitish mexanizmlari, bunda grammati-kaning ma’lum bo‘limi tugagandan so‘ng uni topshiriqlar asosida baholash, shuningdek, leksik minimumlar bo‘yicha bilimni nazorat qilishga yo‘naltirilgan dasturiy ta’minotga asoslangan o‘qitish tizimi. Bunda bixe-viorizmning «stimul-reaksiya-mustahkamlash» formulasiga asoslaniladi. O‘qitish usullari «stimul» (turtki) vazifasini bajaradi, o‘rganuvchi bundan ta’sirlanadi va bilimni mustahkamlaydi.

  • kognitiv-intellektual yondashuv - CALL (CALL Software) uchun uni-versatdasturiy ta’minotlar yaratish, o‘qitish tizimini lug‘at bazasi, gram-matika bo‘yicha qo‘llanmalar, tizimni avtomatik korrektorlar, speller bilan ta’minlash, audio va vizual effektlar bilan boyitish kabi amaliy ishlar maj-muidir.

Til o‘rgatishda quyidagi kompyuter dasturlarini qo‘llash mumkin:
1.Taqdimot texnologiyasi, ya’ni mashg‘ulotni ko‘rgazma sifatida o‘tkazish darsda kompyuterdan foydalanishning eng oson usulidir. Buninguchun o‘qituvchiga birgina kompyuter va multimedia proyektori kerakbo‘ladi. MS Power Point dasturi yordamida o‘tilajak dars uchun kompyuterda o‘qituvchining o‘zi slaydlar yaratadi va ko‘rgazmalar paketini tay-yorlaydi. Elektron nusxa - bu o‘zbek tili fani bo‘yicha mavjud bo‘lganmuayyan darslikning kompyuterdagi elektron versiyasi (nusxasi) bo‘lib, undamultimedia vositalaridan faqat ovoz va matn qatnashadi.
2. Elektron multimedia darsligi - aynan kompyuter vositasida o‘quv kur-sini yoki uning bitta katta bo‘limini o‘qituvchi yordamida yoki mustaqilo‘zlashtirishni ta’minlovchi dasturiy-metodik kompleks Elektron ensiklopediya - kuchli qidiruv tizimiga ega boigan ma’lum yo‘nalishdagi illustratsiyali maqolalar, elektron xaritalar, fotosuratlar, giperhavola (gipermurojaat)lar, audio va videoizohlar, xronologik ro‘yxat, foydalanilgan va tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati va hokazolardan iborat bo‘lgan katta hajmdagi elektron dastur.
Elektron lug‘at - odatdagi lug‘atlar asosida tuzilgan, multimedia vosi-talari bilan boyitilgan dastur. Elektron lug‘at turli yo‘nalishda tuzilishi mumkin, undan talabaning so‘zboyligini oshirish, tarjima qilishda foydalaniladi.
O‘rgatuvchi audiodasturlar, elektron lingafon kurslari umuman ikkinchi tilni o‘rganuvchilar uchun nihoyatda samarali ta’lim texnologiyalaridir. To‘g‘ri talaffuzni o‘rgatuvchi kompyuter dasturlarida animatsiya yordamida tovushning artikulyatsiya o‘rni, usuli ko‘rsatiladi, etalon nutq eshit-tiriladi, talabaning o‘z talaffuzi yozib kiritiladi, so‘ngra u adabiy til me’yori bilan taqqoslanadi. Bundan tashqari, audiodasturlar qatoriga «Karaoke» tizimini kiritish mumkin. Undan hordiq chiqarishda yoki biron tadbirni o‘tkazishda foydalanish juda qulaydir.
Universal test dasturi muayyan fanning biror yirik boiimi bo‘yicha test topshiriqlari va reyting tizimidan iborat bo‘lgan kompyuter dasturidir. Uning qulayligi shundaki, birgina dasturiy ta’minot asosida turli xil test sinovlarini o‘tkazish, ya’ni faqat matnni o‘zgartirib, dasturni har xil mavzu-larda qo‘llash mumkin.
Elektron virtual kutubxona - multimedia xonasining keng imkoniyat-laridan yana biri, elektron nusxa yoki elektron multimedia darsliklari mu-jassamlangan, tarmoqqa ulangan kutubxona.
Masofaviy ta’lim - bu masofadan Internet tarmog‘i orqali o‘qitish usuli bo‘lib, uning asosida respublikamizda ma’lum sohalar bo‘yicha test-tajribalar o‘tkazilmoqda.
Tillarni avtomatik o‘qitish tizimi hisoblangan kompyuter lingvodidak-tikasida quyidagi turdagi topshiriqlardan foydalaniladi:
Close the gap - Bo‘sh kataklarni to‘ldiring topshirig‘i. Bunda semantika + grammatika sohalarini o‘rganish ko‘zda tutiladi;
krossvordlar va leksik o‘yinlar;
elektron pochtadan foydalanib bajariladigan mashq (turli xatlar yoki elektron hikoyalar tuzish asosida - maze) word-hunting;
matnlarning avtomatik tarjimasi va tahriri bo‘yicha mashqlar;
grammatikaning turli bo‘limlari bo‘yicha diagnostik testlar o‘tkazish;
CD-ROMda standart o‘qitish kurslaridan foydalanish.
Ingliz tilini o‘rgatishga mo‘ljallangan quyidagi oquv dasturlari mavjud:
TOEFL tizimi - ingliz tilini avtomatik o‘qitishga mo‘ljallangan eng rivojlangan xalqaro dastur. U dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida amal qiladi, u inglizcha Test Of English as a Foreign Language so‘zlarining qisqartmasi bo‘lib, ingliz tilidan xorijiy til sifatida sinov standarti hisoblanadi. Bu tizim ingliz tilini o‘rgatish bilan birgalikda o‘zlashtirilgan bilimlarni diag-nostika qila olish imkoniyatiga ham ega.
1ELIS - TOEFL tizimiga o‘xshaydigan avtomatik til o‘rgatish va bi­limlarni diagnostika qilish tizimi. U grammatika, lug‘at, o‘qib va eshitib tushunish, to‘gri jumla qurish kabilar yuzasidan bilimlarni baholaydi.
ENGLISH FOR ALL f Hamma uchun ingliz tili) - O‘zbekistonda yaratilgan avtomatik o‘qitishga asoslangan o‘quv dasturi. Unda o‘quvchiga ing­liz tilidagi tovushlar va ularning talaffuzi audioeffektlar yordamida tushun-tiriladi, qisqacha ingliz tili grammatikasi bayon etiladi, mashqlar va tcstlar yordamida bilimni tekshiradi. Ushbu o‘quv dasturining afzal tomoni shundaki, unda o‘qitish tizimi videoeffektlar bilan ham boyitilgan, ingliz tilida multfilmlar kiritilgan va inglizcha qo‘shiqlar karaoke bilan ta’minlangan.
WAY TO PERFECTNESS (Mukammallik uchun yo‘l) - ingliz tilini avtomatik tarzda o‘qitishga mo‘ljallangan o‘quv dasturi bo‘lib, bunda ham multimedia bilan ta’minlangan. Dasturning yuqoridagilardan farqli tomo­ni shundaki, unda dastur «elektron» («virtual») o‘qituvchi bilan ta’minlangan.
REWARD -bir necha yil davomida o‘qitishga mo‘ljallangan til o‘rgatish tizimi.
PROFESSOR HIGGINS - АНГЛИЙСКИЙ KF.3 AKTIFHTA - fonetik trenirovka, ingliz tilida aksentsiz talaffuz mc’yorlarini o‘rgatuvchi ti­zim.
REPETITOR ENGLISH - Moskvadagi ingliz tilini o‘rgatuvchi xalqa­ro markaz tashabbusi bilan yaratilgan. Mazkur tizim ingliz tilini turli xil zamonaviy metodlar va elektron metodik ishlanmalar paketi yordamida avtomatik tarzda o‘rgatishga mo‘ljallangan.
EURO PLUS - uch yil davomida ingliz tilini bosqichma-bosqich (Ele­mentary, Intermediate, Upper intermediate, Advanced English) tizimli tarz­da o‘rgatishga asoslangan avtomatik o‘qitish tizimi.
Bugungi kunda o‘qitishni kompyuterlashtirish nazariyasini ishlab chi-qish, haqiqatan ham, o‘quv faoliyatining samaradorligini oshiradigan, o‘rganilayotgan mavzuga nisbatan ijobiy munosabat va qiziqishni shakllantiradigan ta’limiy-elektron ishlanmalarni yaratishning umumiy va xususiy mezonlarini belgilash zarurati paydo bo‘ldi. Hozirgi paytda Rossiya, Fran-siya, Yaponiya. Kanada va boshqa mamlakatlarda ta’limiy-elektron ishlan­malarni yaratish konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy-metodik tad qiqotlar olib borilmoqda. Konsepsiyada ishlanmalarning mohiyali, ularni yaratish, tekshirish va qo‘llash tartibi belgilanadi. Mutaxassislarning fikricha, ta’limiy-elektron ishlanmalar asosan texnik, pedagogik, metodik talablarga javob berishi zarur. Ular shunday talablarga mos kelsagina, ta’lim jarayonida qo‘llanilishi mumkin.
Til o‘qitishning avtomatik tizimi yildan yilga rivojlanib, yangi effektlar bilan boyib bormoqda. Bu tizimni yanada rivojlantirish, kompyuter lingvo-didaktikasini yangi dastruriy ta’minotlar va pedagogik texnologiya, bilimlar diagnostikasi bilan boyitish kompyuter lingvistikasi fanining dolzarb vazifalaridan sanaladi.
Hozirgi kunda tilshunoslik fanlarini o‘rganishda birgina darslik, o‘quv qo‘llanma va ma’ruza matnlari bilan cheklanmasdan, shu fan sohalariga oid multimediali yoki animasiyali o‘quv ko‘rsatuvlar va elektron darsliklar yaratish tilshunoslik sohalarini chuqurroq o‘rganish uchun aniq imkoniyatlarni vujudga keltiradi. Bu esa talabalarning tilshunoslik fanlariga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, ilmiy ish olib borish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Inson tafakkuri shu qadar taraqqiy etib bormoqdaki, texnikalashtirish, kompyuterlashtirish jarayoni nafaqat ishlab chiqarishning turli sohalari, balki madaniyat va ta’lim sohalariga ham dadil kirib bormoqda. Kompyuter texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanishi ta’lim jarayonini yangi bosqichga ko‘tardi, bu o‘z o‘rnida ta’lim mazmunini, metod va shakllarini qayta ko‘rib chiqish, uni yangi bilim hamda ko‘nikmalar bilan yanada boyitish zaruriyatini tug‘dirdi.
Hozirgi vaqtda oliy ta’lim muassasalarida yangi pedagogik texnologiyalarning ilmiy asoslarini yaratish, ularni tasniflash, metodik ahamiyatini belgilash, ta’lim jarayoniga tatbiq etish kabi dolzarb muammolar ustida ish olib borilmoqda. Ilg‘or pedagogik texnologiyalarning kompyuter texnologiyalari bilan uyg‘unlashtirib tashkil etilishi va shu asosda multimedia darslarining yaratilishi esa asosiy yo‘nalishga aylanib qolmoqda.
Multimedia («ko‘p muhitlik» degan ma’noni bildiradi) zamonaviy kompyuterlarning deyarli barchasida mavjud bo‘lgan imkoniyatlar majmuini, kompleks tushunchani anglatadi. Multimedia axborotning turli ko‘rinishlari – matn, jadval, grafika, ovoz, animatsiya (multiplikatsiya), videotasvir, musiqa yordamida axborotni yig‘ish, saqlash va qayta uzatish vazifalarini bajaradi. Multimedia «inson-kompyuter» interaktiv (dialogik) muloqotning yangi, takomillashgan pog‘onasi bo‘lib, bunda foydalanuvchi juda keng va har tomonlama axborot oladi.
Bir qator olimlar, metodistlar tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, ta’lim oluvchi birinchi marta eshitgan mavzusining faqat to‘rtdan bir qismini, ko‘rgan materialining uchdan bir qisminigina eslab qoladi; ham ko‘rib, ham eshitsa, axborotning ellik foizini esda saqlaydi. Interaktiv multimedia texnologiyalaridan foydalanilganda esa, bu ko‘rsatkich yetmish besh foizni tashkil etadi. Shu bois ta’lim jarayonida ATdan unumli foydalanish katta ahamiyatga ega.
2. Til o‘rgatishda quyidagi kompyuter dasturlarini qo‘llash mumkin:

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin