Kompyuter lingvistikasi



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə4/105
tarix18.12.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#76163
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
Kompyuter lingvistikasi (1)

Matematik lingvistika – XX asrning 50-yillarida (1952-yilda) yuzaga kelgan amaliy tilshunoslikning alohida yo‘nalishi bo‘lib, unda tabiiy tillarning matema­tik modellarini (bunday formallashgan til metatil deb ataladi) ishlab chiqish, xusu- san, sun’iy tillarni yaratish algoritmini tuzish bilan shug‘ullanuvchi fandir. Bu fanning shakllanishida Kopengagen struktural tilshunoslik maktabi (glossematika)ning asoschisi Lui Yelmslevning g‘oyalari o‘ziga xos «turtki» vazi- fasini o‘tagan. U hatto til hosidalarini matematik bayonda tushuntiradigan fan­ning nomini ham taklif etgan. Olimning fikricha, bu fan «til algebrasi» («lingvistik algebra») deb atalishi lozim edi. Amerikalik tilshunos Noam Chomskiyning for­mal grammatika, transformatsion grammatika haqidagi qarashlari bevosita mate­matik lingvistikaning alohida yo‘nalish sifatida yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan.
Sun’iy intellektintellektual mashinalar, intellektual kompyuter dasturlar yara­tish texnologiyasi va bu haqidagi fan. Intellektual sistema strukturasi 3 asosiy blokni o‘z ichiga oladi: bilimlar bazasi, masalani yechuvchi tizim va intellektual interfeys. Sun’iy intellekt insondagi intellekt tushunchasining aynan immitatsiyasi emas, balki inson intellektual faoliyatining ko‘plab qirralarini o‘z ichiga olgan, modellashtirilgan tizimlar texnologiyasi demakdir. Ayni shu ma’noda «artificial intelligence» terminini birinchi marta Jon Makkarti 1956-yilda Darmut universitetidagi konferensiyada qo‘lladi.


Keyslar
Keys 1. “Kompyuter lingvistikasi” fani uchun ma’lumotlar yig‘ish uchun talabalarga topshiriq berildi. Talabalar materiallarni topishga nima qilish kerakligini bilmay qolishdi. Qanday harakat qilish kerakligini aniqlang.
Keysni bajarish bosqchilari va topshiriqlar:
1. Ma’lumotlar izlash usullarini aniqlang. (guruhlarda)
2. Izlash usullari bo‘yicha qanday vositalardan foydalanish kerakligini toping. (individual holda)


Nazorat uchun savollar:

  1. Matematik lingvistika va kompyuter lingvistikasi fanlarining amaliy ahamiyati nimadan iborat?

  2. Tabiiy til va sun’iy til munosabatini qanday izohlaysiz?

  3. Kompyuter lingvistikasining asosiy muammolari sifatida nimalarni ajratib ko‘rsatish mumkin?

  4. Tilda aniqlikka erishish uchun nimalar qilish lozim deb o‘ylaysiz?

  5. Kompyuter lingvistikasi fanining yuzaga kelish asoslarini tushuntiring.




Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin