Kompyuter lingvistikasi



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə14/105
tarix18.12.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#76163
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   105
Kompyuter lingvistikasi (1)

Neyron tarmoqlar - inson miyasidagi neyronlar modeli asosida yaratilgan ti­zim bo‘lib, u sun’iy intellektning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Hozirgi kun- da neyron tarmoqlar bir qator amaliy masalalarni hal etishda keng qo‘llanilmoqda.
Jumladan, ob-havo ma’lumotini aniqlashda, obrazlarni tanishda (xususan, og‘zaki va yoztna nutqni aniqlashda), robotlarni boshqarishda, tibbiyotda tashxis qo‘yishda ishlatilmoda. Neyron tarmoqlarining ishlash tizimi matematik ifodalar yoki mantiqiy qoidalarga asoslanmaydi, balki namuna (example based approach) asosida o‘qitishga asoslangan. Bunda muayyan masalani yechish uchun namu- nalar (misollar), ya’ni o‘qituvchi tanlamalar tayyorlanadi va tarmoq shu asosda tekshiradi.
Semiotika yoki semiologiya (yunoncha «semiotike», ya’ni «belgilash», «tas- virlash», «ifodalash» degan ma’nolarni anglatadi) belgilar sistemasi haqidagi fan bo‘lib, unda axborotni saqlovchi, uzatuvchi turli xil belgi va belgilar tizimlarining yaratilishi, vazifalarini, belgilar sistemasiga kiruvchi hodisalarni, ularning tabiati, mohiyati, turlari, ko‘rinishlari, amal qilishi kabilarni tekshiradi. Semiotika tilshu- noslikda, xususan, kompyuter lingvistikasida ham muhim metodologik ahamiyat kasb etadi. Chunki til ham belgi sanaladi, semiotikada tabiiy tillar ham, sun’iy tillar ham, hatto yo‘l belgilari, audio va videosignallar ham tadqiq etiladi. Semioti­ka fani XIX asr oxirlarida vujudga keldi, uning asoschisi amerikalik olim Charlz Sanders Pirs (1839 - 1914) hisoblanadi. Semiotikada belgilar tizimi to‘rt aspekt asosida o‘rganiladi: 1) sintaktika - belgilar strukturasini tekshiradi; 2) semantika - belgilarning mazmuniy tomonini tekshiradi; 3) sigmatika - belgi va uni aks ettiruv- chi obyekt o‘rtasidagi munosabatni o‘rganadi; 4) pragmatika - belgilarning inson- ga bo‘lgan munosabati, foydaliligi, amaliy jihatlarini tadqiq etadi.
Nazorat savollari:

1. Fanda matematik lingvistika haqidagi g‘oyalarning paydo bo‘lishi.


2. Matematik lingvistikaning nazariy va amaliy asoslarini yaratishga hissa qo‘shgan olimlar faoliyati.
3. Mashina tarjimasi (MT)ning yujadga kelish jarayoni.
4. Jahon tilshunoslarining kongresslarida struktural tilshunoslik (ST) va ML muammolarining muhokama qilinishi.


Test savollari
1. Kimning raxbarligida «Vista Technology» kompaniyasi «Retrans Vista» loyihasini ishlab chiqilgan?
A) Lyapunov rahbarligida B) A.Belonogov
C) D.Y.Panov, D) A.A.Lyapunov

2. Rossiyada kim frazeologik mashina tarjimasi konsepsiyasini asoslab bergan.


A) A. P Navaselov B) B. A Kuznetsov
C) Y. G Zelenkov D) G.G.Belonogov

3. Matnda tez-tez uchraydigan so‘zlar, iboralar,so‘z birikmalari, nutqiy etiket namunalarining tarjima ekvivalentlari bilan boyitilgan ma’lumotlar bazasi bilan ishlaydigan frazeologik mashina


tarjimasi birinchi marta qanday nom ostida chop etilgan?
A) Global Link B) Reterans
C) PROMT D) SOKRAT



Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin