Example based translation(«Namunalarga asoslanadigan tarjima») – 1984- yilda Yaponiyaning Kioto universiteti professori, mashina tarjimasi bo‘yicha yapon davlat dasturi rahbari Makoto Nagao tomonidan yaratilgan yangi konsepsiya. Ushbu konsepsiyaga ko‘ra, matnlar ilgari inson qo‘li bilan tarjima qilingan matnlarga tayanib analogiya tamoyili asosida tarjima qilinishi lozim. Buning uchun kompyuterga kiritilgan katta hajmdagi bilingv bazasi (matn va uning tarjimalari) shakllantirilishi zarur. Yangi matnlar tarjimasida bilingv massividan o‘xshash matn fragmentlari tanlanadi va tarjimaning muvaffaqiyatli chiqishida foydalaniladi. M.Nagao mashina tarjimasiga bunday yondashuvni «Example Based Translation» («Namunalarga asoslanadigan tarjima») deb nomladi, ilgarigi an’anaviy yondashuv «Rule Based Translation» («Qoidalarga asoslanadigan tarjima») deb ataladi.
Keyslar
Keys 1. A.Po‘latovning “Kompyuter lingvistikasi” qo‘llanmasida o‘zbek tilidagi fe’llarning 100 mingga yaqin grammatik shakllari borligi aytilgan. Uning shakllarini aniqlash maqsad qilib qo‘yildi. Aniqlash uchun qanday ishlarni amalga oshirish kerak.
Keysni bajarish bosqchilari va topshiriqlar: 1. Keysni bajarish bo‘yicha metodlarni belgilang. (guruhlarda)
2. Keyisni bajarish bo‘yicha muammolarni aniqlang. (individual holda)
Nazorat savollari 1. Axborot jarayonini modellashtirish muammolari.
2. Lingvistik avtomatlar, ularning tuzilishi va ishlash jarayoni.
3. O‘zbek lingvistik avtomati va uning yaratilish jarayoni.
4. Kompyuter tilshunosligida matnni avtomatik tahrir qilish uchun yaratilgan dasturning lingvistik asoslari.
5. Ma’lumotlar bazasi qanday yaratiladi?
6. Lingvistik kompyuter dasturlarini takomillashtirish yo‘llari.