Тест саволлари
1. “Inson – kompyuter - inson” muloqot sxemasi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat.
A) axborot beruvchi inson + axborot qabul qiluvchi kibernetik qurilma + axborot uzatuvchi kibernetik qurilma + axborot oluvchi inson
B) axborot qabul qiluvchi kibernetik qurilma + axborot beruvchi inson + axborot uzatuvchi kibernetik qurilma + axborot manbai bo‘lgan kibernetik qurilma
C) axborot uzatuvchi kibernetik qurilma + axborotni qayta ishlovchi kibernetik qurilma + axborot qabul qiluvchi kibernetik qurilma + axborot beruvchi inson
D) axborot beruvchi inson + axborot manbai bo‘lgan kibernetik qurilma + axborotni qayta ishlovchi kibernetik qurilma + axborot oluvchi inson
2. Belgilar haqidagi fan – semiotikaning asoschisi……
A) Aristotel
B) Ch.Pirs
C) V. Leybnits
D) N.Trubetskoy
3. Lingvistik belgi (so‘z, so‘z birikmasi, gap) oz tarkibiga ko‘ra quyidagi to‘rt komponentdan iborat:
A) nom, denotat, designat, konnotat.
B) nom, denotat, substitut, designat.
C) substitut, nom, korrelyat, denotat.
D) korrelyat, nom, designat, konnotat.
4. Matematik til belgisi faqat quyidagi ikki komponentdan iborat bo‘ladi:
A) nom, denotat.
B) nom, designat.
C) designat, denotat.
D) nom, konnotat.
5. Til elementlari matematik metod yordamida o‘rganilganda miqdoriy belgilar quyidagicha uchga ajratiladi:
A) transformatsion, distributiv va ehtimollik belgilari.
B) nazariy to‘plamlik, transformatsion va ehtimollik belgilari
C) nazariy to‘plamlik, distributiv va transformatsion belgilari
D) ehtimollik, deskreptiv va nazariy to‘plamlik belgilari
6. “Til mohiyatan lisoniy modellar haqidagi ta’limotdir”, - degan fikr muallifini aniqlang:
A) H.Ne’marov
B) O.Bozorov
C) R.Rasulov
D) A.Nurmonov
Dostları ilə paylaş: |