MORFOLOGIK TAHLILNING AVTOMATIK TIZIMI Режа: 1. O‘zbek morfologiyasini modellashtirish.
2. Morfemalarni birikish mexanizmini tavsiflash.
3. Affikslarni guruhlarga bo‘lish yo‘llari va modellari.
4. So‘z yasalish jarayonini modellashtirish
Tayanch iboralar:modellashtirish, axborotlar yi-g‘ish, formal tavsiflash,sintez qilish, minimal model, fakultetiv affiks, iterativ affikslar, majburiy affikslar.
O‘zbek morfologiyasining qoidalarini kompyuter modellashtirish usullari va vositalarini tadqiq etish va so‘zlarni morfologik sintez qilishga mo‘ljallangan programmalar majmuini o‘rganishdan iborat.
So‘zlarning avtomatik morfologik aniliz va sintez ularni turli shakllarini aniqlash, leksik-grammatik axbarotlar yig‘ish hamda so‘z tuzilishining to‘g‘ri va noto‘g‘ri ekanligini kompyuter yordamida aniqlash maqsadida bajariladi.
Bajarilagan masalalar quyidagilardan iborat:
1) tabiiy til mantlarini modellashtirish usullari va vositalarini o‘rganish;
2) o‘zbek tili morfologiyasi qoidalarining formal tavsifini berish;
3) ismni anglatuvchi so‘zlarni morfologik sintez qilish algoritmlari bilan tanishamiz;
4) algoritmni kompyuterda amalga oshirish programmalari majmuasini o‘rganish.
O‘zbek tili morfologiyasining ba’zi umumiy masalalari. Boshlang‘ich tushunchalar. Morfema (o‘zak yoki affiks) – bu minimal til birligi bo‘lib, u biron ma’noni anglatuvchi va boshqa soddaroq qismlarga bo‘linmaydigan minimal til birligidir.
So‘z shakli – morfemalarning til qoidalari tizimi va meyorlar asosida tuzilgan va tartiblangan ketma-ketligidir. Ko‘pgina turkiy tillarda so‘z shakllari singarmonik xususiyatga ega.
O‘zak – so‘zning o‘zgarmas qismi bo‘lib, uning barcha shakllarida qatnashadi.
Turkiy tillarda majburiy yoki fakultativ turga bo‘linadi. So‘z shakllarining minimal modeli uchun majburiy affikslarning ishtirok etishi zaruriy shartdir. Masalan, ismni anglatuvchi barcha o‘zbek so‘zlari son va kelishik kategoriyasini bildiruvchi affikslarni o‘z ichiga oladi. Fakultativ affikslar yordamida shakl yoki so‘z yasash munosabatlari ifodalanadi.
Affikslar so‘z yoki so‘z shakllarida bir necha xil singarmonik variantlarda (allamorflar) ifodalanishi mumkin. Allamorflar soni turli tillar uchun turlicha. U tilning qanday darajasida singarmonik regulyarligidan bog‘liq holda birmuncha katta chegaralar orasida o‘zgarishi mumkin. Singarmonika keng tarqalgan tillar affikslarning ko‘p sondagi allamorflariga ega. Bunday tillarga oltoy, boshqird, tuva, yaqut va shu kabi tillarni misol qiib ko‘rsatishg mumkin. Ba’zi tillarda singarmonika kamroq yoyilgan bo‘lib, ularda affikslarning allamorflari ko‘p emas. O‘zbek va uyg‘ur tillari shunday tillar safiga kiradi.