Adabiyotlar: 1. Пўлатов А. Компьютер лингвистикаси. - Тошкент: Академнашр, 2011.
2. Rahimov A. Kompyuter lingvistikasi asoslari. – Toshkent: Akademnashr, 2011.
3. Шемакин Ю.И. Начала компьютерной лингвистики. –М.:Высшая школа, 1992.
4. Нелюбин Л.Л. Компьютерная лингвистика и машинный перевод.-М.: ВСП, 1991.
5. Нурмонов А., Йўлдошев Б. Тилшунослик ва табиий фанлар. –Тошкент: ўқитувчи, 2001.
6.Муҳамедова С. Ҳаракат феъллари асосида компьютер дастурлари учун лингвистик таъмин яратиш.-Тошкент, 2006.
7. Po‘latov A., Muhamedova S. Kompyuter lingvistikasi (o‘quv qo‘llanma). –Toshkent, 2009.
Mustaqil ta’lim mavzulari 1. Darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish.
2. Tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruza qismini o‘zlashtirish.
3. Maxsus adabiyotlar bo‘yicha fan mavzulari ustida ishlash.
4. Ma’lumotlar bazasi bilan ishlovcha kompyuter dasturlari.
Glossariy Bilimlar injenerligi(Knowledge Engineering) – bilimlar bazasi bilan shug‘ullanuvchi maxsus yo‘nalish bo‘lib, u sun’iy intellekt tizimining tarkibiy qismi sanaladi. Bilimlar injenerligi kognitiv lingvistika, kompyuter semantikasi va kompyuter lingvistikasining yutuqlariga tayanadi. Bunda informatsya va bilimlar strukturasiga oid bo‘lgan semantik tarmoq, freym, senariy, Wordnet kabi tushunchalar va ularning tatbiqi muhim hisoblanadi.
CALL (Computer Assisted Language Learning) - til o‘qitishni avtomatlashtirish - xorijiy tillarni kompyuter yordamida o‘qitish tizimini ta’minlovchi amaliy dasturlar hamda bilimlarni avtomatik baholash mexanizmlari. Til o‘rgatishda kompyuterdan foydalanish bo‘yicha dastlabki tajribalar XX asrning 60-yillarida Stenford (Russian-Program) va Nyu-York universitetlarida (Das Deutche Program) o‘tkazildi. XX asrning 70 - 80-yillarida til o‘qitishda kompyuterdan foydalanishga bo‘lgan qiziqish kuchaydi va hatto alohida yo‘nalish - Computer Assisted Language Learning (CALL)ning yuzaga kelishiga olib keldi. CALL bo‘yicha 1-xalqaro konferensiya 1985-yil 12-13-noyabrda Budapesht shahrida o‘tkazildi.
O‘qituvchi lingvistik avtomatlardan foydalanishda 2 xil yondashuv mavjud:
bixevioristik yondashuv - mavjud an’anaviy o‘qitish tizimining barcha jabhalarini e’tiborga oluvchi o‘qitish mexanizmlari, bunda grammatikaning ma’lum bo‘limi tugagach, uni topshiriqlar asosida baholash, shuningdek, leksik minimumlar bo‘yicha bilimni nazorat qilishga yo‘naltirilgan dasturiy ta’minotga asoslangan o‘qitish tizimi. Bunda bixeviorizmning «stimul-reaksiya-mustahkamlash» formulasiga asoslaniladi. O‘qitish usullari «stimul» (turtki) vazifasini bajaradi, o‘rganuvchi bundan ta’sirlanadi va bilimni mustahkamlaydi.
kognitiv-intellektual yondashuv - CALL (CALL Software) uchun universal dasturiy ta’minotlar yaratish, o‘qitish tizimini lug‘at bazasi, grammatika bo‘yicha qo‘llanmalar, tizimni avtomatik korrektorlar, speller bilan ta’minlash, audio va vizual effektlar bilan boyitish kabi amaliy ishlar majmuidir.
Ekspert tizimi – muayyan sohadagi ekspertlik yoki mavjud bilimlarning immi- tatsiyasi tarzida yaratilgan kompyuter dasturi. Boshqacharoq aytganda, ekspert tizimi maxsus sohaga oid barcha bilimlar jamlangan qomus yoki o‘ta professional ekspertlarning kompyuter modelidir. Ekspert tizimlarining asosiy ikkita tarkibiy qismi mavjud: ma’lumotlar ombori va mantiqiy mashina. Ekspert tizimlari konsepsiyasi Stenford universiteti professori Eduard Feygenbaum nomi bilan bogiiq bo‘lib, u 1977-yilda murakkab mantiqiy masalalarni yechishda kompyuter dasturlarining samaradorligi formallashtirish va dasturlash texnikasidan ko‘ra muammoli sohaga doir bilimlar bazasiga bog‘liq ekanligini asoslab berdi.