Adabiyotlar: Пўлатов А.К., Муҳамедова С. Компьютер лингвистикаси (ўқув қўлланма). - Тошкент, 2008
Пўлатов А. Компьютер лингвистикаси. - Тошкент: Академнашр, 2011.
Rahimov A. Kompyuter lingvistikasi asoslari. – Toshkent: Akademnashr, 2011.
Марчук Ю.Н. Компьютерная лингвистика. – М.: АТС: Восток и Запад, 2007.
Ikromova H.Z. Inson - kompyuter - kelajak. – Toshkent: O‘zbekiston, 1991. – B. 24-52.
Yo‘ldoshev B. Matematik va kompyuter lingvistikasi (uslubiy qo‘llanma). – Samarqand: SamDU nashri. 2007. – B. 17-19.
Шемякин Ю.И. Начало компьютерной лингвистики. Учебное пособие. – М.: МГОУ. 1992.
Mustaqil ta’lim mavzulari 1. Darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish.
2. Tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruza qismini o‘zlashtirish.
3. Kompyuter lingvistikasiga oid adabiyotlar tahlili.
Glossariy Kompyuter lingvistikasi - matematik lingvistikaning mantiqiy davomi bo‘lib, u amaliy tilshunoslikning eng muhim qismini tashkil etadi. Kompyuter lingvistikasi 1954-yil AQSHda Jorjtaun universitetida mashina tarjimasi bo‘yicha dunyoda o‘tkazilgan birinchi tajriba asnosida yo‘nalish sifatida shakllana boshladi, 1960- yilga kelib mustaqil fan sifatida shakllandi. Kompyuter lingvistikasi inglizcha «computational linguistics» so‘zining kalkasidir. XX asrning 80-yillariga qadar bu fan turlicha nomlar bilan atalgan: hisoblash lingvistikasi, matematik lingvistika, kvantitativ lingvistika, injener lingvistikasi kabi. Mazkur fanning asosiy maqsadi lingvistik masalalarni yechishning kompyuter dasturlarini ishlab chiqish, inson va mashina (kompyuter) muloqotini optimallashtirish, tabiiy tilni qayta ishlash (Natural Language Processing)dir.
Matematik lingvistika - XX asrning 50-yillarida (1952-yilda) yuzaga kelgan amaliy tilshunoslikning alohida yo‘nalishi bo‘lib, unda tabiiy tillarning matematik modellarini (bunday formallashgan til metatil deb ataladi) ishlab chiqish, xusu- san, sun’iy tillarni yaratish algoritmini tuzish bilan shug‘ullanuvchi fandir. Bu fanning shakllanishida Kopengagen struktural tilshunoslik maktabi (glossematika)ning asoschisi Lui Yelmslevning g‘oyalari o‘ziga xos «turtki» vazi- fasini o‘tagan. U hatto til hosidalarini matematik bayonda tushuntiradigan fanning nomini ham taklif etgan. Olimning fikricha, bu fan «til algebrasi» («lingvistik algebra») deb atalishi lozim edi. Amerikalik tilshunos Noam Chomskiyning formal grammatika, transformatsion grammatika haqidagi qarashlari bevosita matematik lingvistikaning alohida yo‘nalish sifatida yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan.
Mashina ijodi - san’at asarlarini avtomatik tarzda yaratish jarayoni. Bugungi kunda ijodni to‘la modellashtirishga erishilgani yo‘q, lekin bu sohada sezilarli yutuqlar qo‘lga kiritilgan. Jumladan, kompyuter yordamida musiqalar yaratili- shi, treker-dasturlar, sintezatorlar, sekvensorlar yordamida bir turdagi melodiya- lar va tovushlar generatsiyasi oqibatida elektron musiqalarning yaratilishi, matnning avtomatik generatsiyasi yordamida she’rlar, ertaklar - umuman matnlar yaratilishi, rasmlar generatsiyasi va kompyuter grafikasi yordamida kino va o‘yinlarning yaratilayotganligi (ayniqsa, strategiya va harbiy manyovrlarga asoslangan kompyuter o‘yinlari) kabilar mashina ijodiga misol bo‘la oladi.