Formallashtirish – bilimlar majmuasini, mazmunini muayyan shakllar yordamida sun’iy til belgilari orqali ifodalash. Grammatikani formallashtirish tendensi- yasi XX asr o‘rtalarida kuchaydi. Bu bevosita tilning strukturasini yanada aniq parametrlarda ifodalashga intilish, uni kompyuterga moslashtirishga urinish bilan bog‘liqdir. Formal grammatika nazariyasi matematik mantiq, matematik lingvistikaning rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan. Grammatikani formallashtirish (lotincha «forma» - «shakl», «tashqi ko‘rinish») konsepsiyasining asoschisi amerikalik tilshunos Noam Chomskiydir. Formal grammatika abstrakt simvollar orqali bayon etiladigan grammatika hisoblanib, unda til qoidalari, so‘z yasalishi, birikma va gap qurilishi turli xil lingvistik modellar, struktur sxemalar yordamida tavsiflanadi. Formal grammatika 3 ta birlik asosida ish ko‘radi:
Word-classes - so‘z turkumlari (tub va yasama so‘zlar).
Phrases - gap bo‘laklari.
Sentences - gap konstruksiyalari sxemalari, modellari.
Formal grammatika turlari– N.Chomskiy qoidalarning ifodalanish turiga qarab formal grammatikani 4 tipga ajratgan va bu Chomskiy iyerarxiyasi deb nomlanadi:
0 grammatika (unrestricted phrase-structure grammar) -juda murakkab gene- rativ grammatika, bunda G=(N,’\ P, S) belgilari yordamida ish ko‘riladi. N, “ - alifbo (N - noterminal simvollar. u grammatikadagi simvollarni o‘z ichiga oladi; “
metatilning terminal simvollari, u tildagi so‘zlarni qamrab oladi); S - noterminal to‘plamning boshlang‘ich simvoli, P - qayta ishlab chiqilgan qoidalar. Bunda terminal va noterminal simvollarni birlashtiruvchi V belgisi qabul qilingan, u inglizcha Vocabulary (lug‘at) so‘zidan olingan (V=TVUS). Bu grammatika o‘ta abs- traktlashgan matematik modellarga, informatika nazariyasiga tatbiq etilgan.
1 grammatika (context-sensitive grammar)- kontekstga bog‘liq grammatika bo‘lib, bunda simvollar zanjiri kontekst bilan aniqlanishi mumkin. Bu grammatika tabiiy tillar unsurlarining generatsiyasida faol qo‘llaniladi.