Kompyuter lingvistikasi


grammatika (context-free grammar)



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə11/105
tarix18.12.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#76163
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   105
Kompyuter lingvistikasi (1)

2 grammatika (context-free grammar) - kontekstga bog‘lanmagan gramma­tika bo‘lib, u programmalashtirish tillari unsurlarining generatsiyasida (ifodalar, buyruqlar tizimida) ishlatiladi.

3 grammatika (regular grammar) - regular grammatika deb ataladi, u juda sodda va cheklangan grammatika bo‘lib, tilning sodda unsurlari uchun ishlatiladi (miqdor, konstantalar, o‘zgaruvchilar uchun).


Tobelik daraxti (shajara) – L.Tenyer g‘oyalari ta’sirida shakllangan tobelik grammatikasi modeli bo‘lib, u kompyuter lingvistikasining avtomatik analiz dasturlarida ishlatiladi. Bunda gap asosan daraxt ko‘rinishida tasvirlanadi, jumla tarkibidagi so‘zlar bir-biri bilan tobelik munosabatida bo‘ladi (bevosita dominatsiya munosabati). Kesim daraxtning ildizida joylashadi va dominant bo‘lak hisoblana­di, boshqa so‘zlar (gap boiaklari) unga bevosita yoki bilvosita (boshqa so‘zlar yordamida) tobelangan bo‘ladi.


Keyslar
Keys 1. “Shabboda qurg‘ur ilk sahar olib ketdi gulning totini” degan gapning sintaktik tahlil qilishda deskreptiv lingvistikaning bevosita ishtirokchilar (BI)ga ajratish metodidan foydalanildi. Bevosita ishtirokchilarga ajratish jarayoni yuqoridagi sintaktik birlikdan boshlanib, morfologiya, morfemika, fonologiya sathlarigacha davom ettirish topshirildi. Gapni bevosita ishtirokchilar (BI)ga ajratish metodidan foydalanib davom ettiring.
Keysni bajarish bosqichlari va topshiriqlar:
1. Bevosita ishtirokchilar (BI)ga ajratish metodi haqida batafsil ma’lumot yig‘ing. (guruhlarda)
2. Bevosita ishtirokchilar (BI)ga ajratishni morfologiya, morfemika, fonologiya sathlarigacha davom ettiring. (individual holda)
Nazorat savollari:
1. “Matematik lingvistika“ atamasi va uning ikki ma’nosi.
2. Matematik lingvistika tilshunoslikning tarkibiy qismi sifatida.
3. L.Blumfildt, R.Yakobson, N.Xomskiy, N.Trubetskoylar formal grammatika yaratish nazariyasining asoschilari sifarida.
4. Ifodalanuvchi grammatika va aniqlovchi grammatikaning o‘zaro munosabari.
5. Til birliklarini matematik tahlil qilish metodlari va ularning uch ko‘rinishi: a) nazariy to‘plamlik belgilarini aniqlash metodlari; b) transformatsion yoki algoritmlik belgilarini aniqlash metodlari; v) ehtimollik belgilarini aniqlash metodlari.
6. G.Kantor to‘plamlar nazariyasining asoschisi sifatida.
7. Tilshunoslikdagi komponent tahlil metodi va uning to‘plamlar nazariyasi bilan o‘zaro munosabati.
8. To‘plamlardagi binar munosabatlar va ularning uch xususiyati: a) refleksivlik xususiyati; b) simmetriklik xususiyati; v) tranzitivlik xususiyati.
9. Transformatsion yoki algoritmlik belgilarini aniqlash jihatdan til birliklarini tahlil qilish metodlari.


Test savollari
1. Matnning formal ajraladigan eng kichik birligi … sanaladi.
A) fonema
B) grafema
C) so‘z
D) morfema

2. Besabrlikdandir so‘zida nechta morfema bor?


A) 6 ta
B) 5 ta
C) 4 ta
D) 3 ta

3. XX asr boshlarida grammatikani tavsiflashda sinxroniya va diaxroniyani farqlagan tilshunos olimini toping?


A) N.Chomskiy
B) F.de Sossyur
C) Avgust Shleyxer
D) Sh.Fisher

4. Yadro gaplar deb nimaga aytiladi?


A) bir butundan tashkil topgan gapga
B) konstruksiyali gapga
C) sodda yig‘iq, darak gaplarga
D) qismni ifodalovchi bo‘lakga

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin